signal ozuqa bilan mustahkamlanib borilsa, so‘lak ajralib, shartli refleksi
davom etaveradi Ammo qo‘n g ‘iroq o ‘zgartirilsa, masalan,
avvaliga
m a’lum vaqt surunkasiga chalinib, keyin esa bir necha marta o ‘zib-o‘zib
chalinsa va qo‘ng‘iroqning shu tariqa takroriy chalinishi ozuqa berish bilan
mustahkamlanmasa, ajraladigan so ia k tobora kamaya boradi va
pirovardida mutlaqo ajralmay qo‘yadi, shartli refleks sunadi. Qo‘ng”iroq-
ning boshqacha chalinishi ozuqa bilan mustahkamlanmaganligi tufayli
avval qo‘zg‘algan shartii refleks markazi tormozlanadi. Lekin shunisi ham
borki, shartli ta’sirotni ancha uzoq vaqtdan so‘ng yana aslida o‘z holida
ta’sir ettirsak, shartli refleks tagin paydo bo‘ladi. Ayni paytda miya
po‘stlog‘ining qo‘zg‘aluvchanligi ortib, refleks tormozdan tushadi. Shartli
ta’sirot boshqa bir yot ta’sirot bilan birga barovar ta’sir
ettirilganida ham
refleks tormozdan chiqishi mumkin. Masalan, qo‘ng‘iroq ovoziga javoban
so iak ajralmaydigan b o iib qolganida, qo‘ng‘iroq chalish bilan ravshan
olov yoqsak, it yana so ia k ajrata boshlaydi.
2. Shartli ta ’sirotni differenciatsiyalash (tabaqalanishi). Hayvon,
shartli ta’sirotni tabiatan unga juda yaqin turgan boshqa ta'sirotdan farq
qila oladi. Shartli refleks hosil bo‘lgan hayvonda shartli ta’sirotga juda
yaqin turgan boshqa ta’sirotlarga javoban ham dastlab, shartli reaksiya
kuzatila beradi (shartli refleksning generalizatsiyasi). Ammo keyinchalik
hayvon o ‘z shartli ta’sirotini unga yaqin turgan boshqa ta ’sirotdan farq
qiladi. Masalan, itda metronomning 100 marta tebranishiga nisbatan so iak
ajratish shartli refleksi hosil qilingan boisin. Dastavval, bu it
metronomning 100 marta tebranishi bilan birga 90, 80, 85
marta
tebranishlariga ham so ia k ajrata beradi. Boshqacha aytganda, dastlab
shartli
refleks generalizatsiyaga uchraydi. Keyinchalik, faqatgina
metronomning 100 marta tebranishini ovqat bilan mustahkamlab, boshqa
xilda tebranishlarini mustahkamlamasak, it metronomning 100 marta
tebranishiga so ia k ajratib, boshqa tebranishlariga javoban so ia k ajratmay
qo‘yadi, y a’ni metronomning 100 marta tebranishini - o ‘z shartli
ta ’sirotini shunga uxshash boshqa ta’sirotlardan ajratib, differenciatsiyalab
oladi. Differenciatsiyalaydigan tormozlanish asosida miya po‘stlog‘ining
analiz faoliyati yotadi. Shunga ko‘ra, hayvon ta’sirotlami farqlaydi va
unga nisbatan tegishli sur'atga javob beradi.
3. Shartli tormoz. Muayyan shartli ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan
mustahkamlansa-yu, shu shartsiz ta ’sirot bilan boshqa ta’sirotning
kombinatsiyasi
(birgalashib
ta ’sir
qilishi)
shartsiz ta’sirot
bilan
mustahkamlanmasa, shartli tormoz hosil boiadi. Masalan, A shartli
ta’sirotga nisbatan shartli refleks hosil qilingan deb faraz qilaylik. Shartli
383
refleks to ‘la hosil bo‘lgandan keyin, aw allari A ta’sirot (masalan,
qo‘ng‘iroq ovozi) ning o ‘ziga shuningdek uning boshqa, masalan, В
ta’sirot (masalan, metronom ovozi) bilan qushilganiga (kombinatsiyasiga)
ham shartli reaksiya yuz beraveradi. Ammo keyinchalik A ta’sirotning o ‘zi
shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib,
uning В ta’siroti bilan
kombinatsiyasi (A+B) mustahkamlanmasa, shartli
reaksiya
faqat A
ta ’sirotga javoban yuzaga chiqadi va A+B kombinatsiyasiga javoban
yuzaga chiqmay qo‘yadi. Shartli tormoz deb ana shunga aytiladi. Shartli
tormoz tufayli hayvon birmuncha uxshash va uzgacha ta’sirotlami analiz
qiladi va bir-biridan ajratadi. Qo‘shimcha ta’sirot shartli ta’sirot bilan
qushilib, bir vaqtda ta’sir qilgaridagina shartli tormoz paydo bo'ladi. Agar
qo'shimcha ta’sirot shartli ta’sirotdan bir oz oldin ta’sir qildirilsa,
qo‘shimcha ta’sirotga javoban ikkinchi tartibli shartli refleks hosil bo‘lib
qolishi mumkin.
4. Shartli
refleksning
kechikishi. Shartli ta ’sirot bilan shartsiz
ta’sirot ta’siri o ‘rtasida ozmi-ko‘pmi vaqt o ‘tsa, bunda shartli refleks
birmuncha kechikadi. Masalan, chiroq yoqilishiga nisbatan so‘lak
ajratish
shartli refleksi hosil qilingan hayvonda chiroq yoqilishi bilan ozuqa berish
o‘rtasida juda oz vaqt (1-5 sekund) o ‘tsa, chiroq yoqilishi bilanoq darrov
so‘lak ajralaveradi. Ammo chiroq yoqilishi bilan ozuqaning berilishi
o'rtasida ko‘proq vaqt (2-3 minut) o ‘tsa, keyinchalik chiroq yoqilishi bilan
so‘lak ajralishi o ‘rtasida ham ko‘proq vaqt (2-3 minut) o ‘tadigan bo‘lib
qoladi. Bu vaqtda shartli ta’sirot shartli refleks markazini dastlab
tormozlaydi, so‘ngra qo‘zg‘atadi. Shartli tormozlanish organizm uchun
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shartli tormozlanish boim aganida edi,
organizm shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmagan, ammo shartli ta’sirot
bo‘la oladigan har qanday signallarga ham ortiqcha,
keraksiz reaksiyalar
bilan javob beraverar edi. Tormozlanish tufayli organizm faqatgina
shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanadigan, o ‘zi uchun zarur reaksiyalami
vujudga keltiradi va shunday qilib, tashqi muhitga mukammalroq
moslashadi.
Dostları ilə paylaş: