qarab chiqamiz. Yangi tugilgan qo‘zi hali onasini emmagan dastlabjd
davrlarda so iak ajratmaydi. U onasini ema boshlaganidan keyingiria
so‘lak ajratadi. Bu shartsiz refleks yo‘li bilan so‘lak ajratishidir. Ayni
paytda bu refleks quyidagicha ro ‘yobga chiqadi: qo‘zi onasini emishi
tufayli ogziga to‘shayotgan sut u yerdagi xilma-xil retseptorlami
qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘alish ana shu retseptorlar bilan aloqador bo‘lgan
markazga intiluvchi asab tolalariga beriladi va ular orqali uzunchoq
miyadagi so‘lak ajratish markaziga borib, uni qo‘zg‘atadi. Uzunchoq
miyadagi markazning qo‘zg‘alishi katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi so‘lak
ajratish markazining qo‘zg‘alishi bilan davom etadi. Chunki odatda
uzunchoq miyadagi markaz faoliyati miya po‘stlog‘idagi oliy markaz
nazoratida bo‘ladi.
4 5 -r a sm . S hartli r e fle k s n in g h o s il b o iis h t a s v ir ii.
a -s o ‘lak ajratish shartsiz refliksining chizmasi, б-tovu sh tasirlariga so‘lak ajratish
refleksini hosil bo'lish chizmasi; 1-til, 2 - s o ‘lak bezi, 3-quloq, 4-postloqdagi oily
Dostları ilə paylaş: