ta’imotiga ko‘ra, miya po‘stlog‘ining tegishli qismlarida maxsus fimksiyalami boshqarishga birmuncha ixtisoslashgan hujayralar guruhi, analizatorlar yadrosi joylashgan. Ammo analizatorlar yadrosi po‘stloqning turli qismlarida tarqoq holda joylashgan hujayralar bilan yaqindan boshlangan bo‘lib, ular o ‘rtasida aniq chegara y o ‘q. 44-rasm. Vaqtincha aloqalar hosil bo‘lish gipotezalarining tasviri. Agarda biror analizator yadrosi shikastlansa, uning vazifasini po‘stloqning turli qismlaridan joy olgan bo‘lsa ham, shu analizator bilan boglangan hujayralar ma’lum darajada bajara oladi. Biroq bu hujayralar analizatoming o ‘z yadrosi singari mukammal analiz va sintez qila olmagani sababli, uning vazifasini to‘la bajara olmaydi. Shunday qilib, miya po‘stlog‘ida fimksiyalami boshqaradigan aniq markazlaming borligi nisbiy tushunchadir, belgili funksiyaning yuzaga chiqishi po‘stloqning turli qismlaridagi hujayralar faoliyatiga bog‘liqdir. Demak, miya po‘stlog‘ida aniq bir joyga to ‘plangan, muqarrar bir funksiyani boshqaradigan markaz y o ‘q. Biror xil funksiyalarni boshqarishga ozmi-ko‘pmi ixtisoslashgan po‘stloq hujayralari tuzilish va funksional xususiyatlariga qarab bir qancha zonalami hosil qiladi. Shunga yarasha katta yarim sharlar po‘stlog‘i quyidagi zonalarga bo‘linadi: ko‘ruv zonasi — ko‘ruv analizatorining po‘stloqdagi zonasi bo‘lib, po‘stloqning ensa sohasida joylahsgan. Po‘stloqning chakka qismida esa eshitish analizatorining markaziy qismi 374
urnashgan, shu sababli bu yer eshituv zonasi deyiladi. Teri, muskul va paylardan keladigan ta’sirotlar po‘stloqning markaziy pushtasida, Roland egatining orqa sohasida analiz va sintez qilinadi. Shu sababli po‘stloqning