tonusini idora etishda qatnashadi, ichki sekresiya bezlarining, yurak-qon tomirlar tizimining faoliyatiga, qon ivish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi va hakazo. Retikulyar formatsiyaning funksional holatini esa bosh miya po‘stlog‘i idora etadi. MIYACHA Miyacha o ‘tkazuvchi y o ila r orqali markaziy asab tizimining deyarli hamma boiim lari bilan bogiangandir. Miyachaning funksiyalari hayvonlar ustida tajriba qilib o ‘rganilgan. Miyacha funksiyalarini tekshirish uchun hayvonlaming miyachasi tamomila yoki qisman olib tashlangan. Miyachani olib tashlash yoki unga zarar yetkazish hayvonning harakatlariga va gavda vaziyatiga ta’sir etadi. Miyachaning faqat yarmi olib tashlanganda hayvonning o ‘sha tomondagi oyoqlari cho‘ziladi, hayvon tura olmaydi va miyachasi zararlangan tomonga qarab yiqilib tushadi. Oradan bir necha kun o ‘tgach bu hodisalar ancha kamayib, hayvon o ‘midan turishi, yurishi va ayrim murakkab harakatlami bajarishi mumkin. Hayvonning miyachasi olib tashlangan tomondagi harakatlargina birmuncha beo‘hishov boiadi. Agar hayvonning miyachasi butunlay olib tashlansa, chuqur va jiddiy o ‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunda hayvon dastlabki kunlarda o ‘rnidan tura 362
olmaydi va qanday bo‘lmasin harakat qila oimaydi. Bir kuuaou keyin hayvon qisman harakat qila boshlaydi. Ammo hayvon o ‘midan turish uchun oyoqlarini keng yozadi, yurganda ko‘pgina ortiq va omonat harakatlami qiladi. Miyachani olib tashlash natijasida hayvonning harakatlarida kelib chiqadigan o‘zgarishlar quyidagi to‘rt guruhga boiinadi: