kamaya boradi. Ayollarda tiriklik sig‘imi, erkaklarga nisbatan kam. Tiriklik sig‘imi tana uzunligining (har 5 sm bo‘y uzunligiga 400 ml) va gavda hajmini (ya’ni tiriklik sig‘imidan 7 marta ko‘p) ortishi bilan osha boradi. 144
0 ‘pkaning tiriklik sig‘imiga bajarilayotgan ish turi, ayniqsa sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanish hamda tananing holati katta ta’sir ko‘rsatadi. Tik turganda u o ‘tirgandagidan, o ‘tirganda esa yotgandagidan kattadir. Uning miqdori, o ‘pkaning qon bilan to‘lishi ortganida, o ‘pkaning to‘lig ‘icha tiklanishiga va ko‘krak qafasining maksimal darajada kengayishiga qarshilik ko‘rsatuvchi barcha holatlarda kamayadi. 0 ‘pkaning tiriklik sig‘imini o ‘lchashga spirometriya deyiladi. Hattoki kuchli yoki maksimal darajada nafas chiqarilganidan keyin ham o ‘pkada odamlarda 1 L, otlarda esa 10 L.gachahavo qoladi, ya’ni uni chiqarishning imkoniyati y o ‘q. O'lganidan keyin ham qoladigan havoning bu hajmiga qoldiq havo deyiladi. Qoldiq havo bilan o ‘pkaning tiriklik sig‘imi o ‘pkaning umumiy sig‘imi deyiladi. 0 ‘pka ventilyatsiyasi. Odatiy holdagi nafas chiqarishdan, keyin o ‘pkada zahira va qoldiq havolar qoladi va u alveolyar havoni tashkil etadi. Alveolyar havoning hajmi 2500-2800 ml.ga teng. Har bir odatiy nafas olishda 500 ml havo qabul qilinadi, undan zararli bo‘shliqda qolgan havo ajratib tashlansa, o ‘pkaga 360 ml havo tushadi, bu paytda alveoalardagi havoning bor-yo‘g ‘i 1/7 qismi (360:2500) ventilyasiya qilinadi. Olingan havoning alveolyar havoga nisbati o ‘pka ventilyatsi- yasining koeffisiyenti deb ataladi. 1 daqiqada olingan havoning miqdori yoki nafasning daqiqalik hajmi, 1 daqiqadagi