qatoriga kiruvchi oksidaza fermenti ishtirokida vodorod oksidlanadi. Hujayralar bilan mustahkam bog‘langan-to‘qimalardagi nafas olish katalizatorlari nafas fermentlari energiyaning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu fermentlaming oksidazadan farqi shundaki, ular ishtirokida faqat faol C 0 2 to‘qima vodorodlarini qabul qiladi, ya’ni oksidaza ishtirokida vodorod molekulyari C 0 2 bilan qabul qilinishi mumkin. Oksidlanish jarayonlarida degidraza va oksidaza fermentlaridan tashqari perekislar tipidagi birikmalar hosil bo‘lishiga ta’sir qiluvchi perioksidaza kabi boshqa fermentlar ham ishtirok etadi. Bu fermentlar odatiy sharoitlarda qiyin oksidlanuvchi moddalami oksidlash bilan C 0 2 faollashtiradi. Hujayralardagi oksidlanish jarayonining fizik-ximiyaviy asosi- fermentlar bilan elektronlaming o ‘tkazilishidir (sitoxromlar). Sitoxromli tizim (sitoxrom+sitoxromoksidaza) hujayralarni nafas olishida juda katta rol o ‘ynaydi. Sitoxromlar va fosfoproteidlar vodorod tashuvchilar hisoblanadi. Hujayralaming nafas olishida aminoguruhlami, fosfatlami tashuvchi boshqa fermentlar ham ishtirok etadi. Hujayralar nafas olishida ishtirok etuvchi ko‘plab fermentlar vitamin В guruhining (B b B2 va boshq.) hosilalari hisoblanadi. Bundan tashqari, hujayralardagi oksidlanish, tiklanish jarayonlarida vitamin С ham ishtirok etadi. Shunday qilib, hujayralarni nafas olishidek favqulodda murakkab jarayon fermentlar va vitaminlar bilan bajariladi. Hujayralar nafas olishining jadalligi odamning yoshi o ‘tishi bilan pasayadi. 0 ‘pkada va to‘qimalarda kislorod va karbonat angidrid gazini qon bilan qabul qilinishi va qaytarib berish sharoitlari. 0 ‘pka kapillyarlaridan