bilan tashilishi fiziologik sharoitlarda (eritrositlardagi uning miqdori, tana haroratiga teng bo‘lganida gavdaning tuz tarkibiga qaramay ph-7,35 teng bo‘lganida) bir necha bor yuqori. Nafas olish va qon aylanishining o ‘zaro bog‘liqligi. Ko‘krak bo‘shlig‘idagi manfiy bosim yurak ishini qo‘ 11 ab-quvvatiab turadi. Nafas olish paytida ko‘krak bo‘shlig‘idagi bosim kamayadi, qorin bo‘shlig‘ida esa ortadi, bu esa o ‘z navbatida juda ko‘plab qorin bo‘shlig‘idagi vena tomirlaridan kovak venalarga qon kelishini, yurakka kelayotgan vena qoni miqdorini ortishini va diastola paytida yurakning kengayishini ta’minlydi. Aksincha, nafas chiqarish paytida ko‘krak bo‘shlig‘idagi bosim ortadi, bu esa sistola paytida yurakning qondan bo‘shashini ta’min etadi. Shuni qayd qilish kerakki, agar chuqur nafas olingandan keyin oldindan og‘iz va burunni yopib kuchli nafas chiqarish uchun harakat qilinsa unda o ‘pkada bosim atmosfera bosimidan jiddiy darajada baland bo‘ladi. Bu paytda o ‘pkadagidan ham plevra varaqlari orasidagi bosim ko‘tariladi. Bu o ‘z navbatida o ‘pkadagi qonning kamayishini, yurakda bosimning pasayishini, yurakning bo‘shashini va katta qon aylanish doirasi tomirlarining qon bilan to‘lishini chaqiradi. Tashqi vena tomirlari shishadi, puls sezilmay qolishi mumkin (Valsalva tajribasi). 151
Agar kuchli nafas chiqarilganidan keyin og‘iz va burunni yopib, chuqur nafas olish uchun harakat qilinsa, bu paytda o ‘pkada havo siyraklashadi, bosim keskin tushib ketadi va atmosfera bosimidan ancha past bo‘ladi. Bu paytda plevralararo bosim yanada ko‘proq tushib ketadi, ya’ni manfiy bosim keskin ortadi. K o‘krak qafasining so‘ruvchanlik