umumiy bosimning bir qismi; alveolyar havo venoz qon kislorod Pa 14231-14630 4921-5320 karbonat angidrid, Pa 5320 6251 Agarda ulaming foizli miqdori aniq bo‘Isa, alveolyar havodagi gazlaming porsial bosimini oson hisoblash mumkin. Masalan, agar 0 2 15 94430*]5 % bo‘lsa, demak bu gazning bosimi — — — = 1416,5 Pa. ga teng. Alveolyar havodagi C 0 2 ning bosimi jinsga, yoshga, jismoniy ish bajarish va barometrik bosimning o ‘zgarishiga bog‘liq holda unchalik o ‘zgarmaydi. Nafas harakatlarining o ‘zgarishiga qaramay alveolyar havodagi C 0 2 ning miqdori nisbatan doimiy holda qoladi, ya’ni nafasning tezlashishi yoki sekinlashishi nafas olish chuqurligining kamayishi yoki ko‘payishi bilan to‘ldiriladi. 149
Yosh bolalarda gazlar almashinuvi ishqor-kislotali muvozanatni farqlari bilan boshqariladi. Masalan, 5 yoshli bolaning chiqarayotgan havosida katta odamlarga nisbatan 3 marta kam C 0 2 saqlanadi. Hujayralar ichida nafas olish. To‘qimalardagi oksidlanish jarayoni hujayralarda va hujayrada bo‘lmagan moddalar hisobiga bajariladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) vodorodning berilishi yoki degidridlanish; 2) CO 2
ning berilishi; 3)elektronlarning o ‘tkazilishi yoki valentlikning almashinishi. Oksidlanish jarayoni oksidlovchi moddaning tarkibiga kiruvchi vodorodning degidraza fermenti tomonidan faollashtirilishi bilan boshlanadi. So‘ngra suv hosil bo‘lganiga qadar temir saqlovchi fennentlar