etadi. Nafas markazining bir tomonini shikastlab ishdan chiqarsak, ko‘krak qafasining xuddi o ‘sha tarafidagi nafas harakatlari to‘xtaydi. Nafasni boshqaruvchi ikkinchi darajali quyi markaz orqa miyada joylashgan. Shuningdek, markaziy asab tizimining uzunchoq miyadan yuqoriroq, qismlarida, hatto bosh miya yarim sharlarining p o‘stlog‘ida ham nafasning boshqarilishida ishtirok etadigan nerv hujayralari guruhi bor. Ana shularga asoslanib, hozirgi vaqtda nafasni boshqaruvchi markaz deganda, markaziy asab tizimining turli qismlarida orqa miyadan tortib to bosh miya yarim sharlarining p o ‘stlog‘igacha b o ig a n qismlarda 152
joylashgan, funksional jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bu qon, nafasni boshqarishda ishtirok etadigan nerv hujayralarining guruhi tushuniladi. Nafas markazi organizmning turli qismlaridan - o ‘pkadan, qon tomirlari devoridan, uyqu arteriyalarining sinuslaridan, plevra va boshqa organlardan simpatik va parasimpatik nervlaming tegishli tolalari orqali keladigan ta’sirotlardan reflektor y o ‘l bilan qo‘zg ‘aladi. Kelayotgan ta’sirotlarga markazning javobi ham simpatik va parasimpatik nervlaming tolalari orqali nafas tizimining tegishli qismlariga yuboriladi. Tekshirishlar natijasida o ‘pkada parasimpatik nervning ikki xil tolasi borligi aniqlangan, bulaming biri o ‘pkada bosim pasayganda, ikkinchisi esa bosim k o‘tarilganda qo‘zg ‘aladi. Nafas jarayonining o ‘z-o ‘zidan boshqarilib turishida ana shu tolalarining ahamiyati katta. Buning ma’nosi shuki, nafas olinib o ‘pkaga havo so ‘rilganda parasimpatik