xemoretseptorlar qonning gaz tarkibi o ‘zgarganda - qonda karbonat angidrid ko‘payganda yohud kislorod kamayganda qo‘zg ‘aladi. 153
Qo‘zg‘alish tegishli markazga intiluvchi tolalar orqali markazga uzatilib, nafasning tezlashishiga olib keladi. Yurak-tomir tizimi bilan nafas tizimining o ‘zaro bir-biriga mahkam bog‘langan holda ishlashi organizmdagi barcha organlar faoliyatining o'zaro uyg‘unlashuvida asab tizimining yetakchi o ‘rinda turishini ko‘rsatadigan yorqin misoldir. Buni quyidagilardan ko‘rsatsak bo‘ladi: uyqu arteriyasidagi refleksogen zona retseptorlari ta’sirlansa, yurak ishi sekinlashib, tomirlar kengayishi bilan bir vaqtda nafas olish ham siyraklashadi. Qon bosimi pasayganda yurak ishi tezlashib, tomirlar torayishi bilan bir vaqtda nafas ham tezlashib, bir muncha chuqurlashadi. Hiqildoq, kekirdak va bronxlaming shilliq pardalari ta’sirlanganda nafasning siyraklashuvi yurak faoliyatining sekinlashishiga ham sabab b o‘ladi. Nafas tizimi bilan yurak-tomirlar tizimining bunday o ‘zaro chambarchas bog‘langan holda ishlashi organizmda kechadigan barcha hayotiy hodisalaming o ‘zgarib turgan tashqi muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega. Nafasning boshqarilishida markaziy asab tizimining boshqa qismlari bilan birgalikda bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘i ham ishtirok etadi va yetakchi o ‘rinni egallaydi. Nafasning o'zgarishiga sabab b o ia oladigan ta’sirotlar bilan birga qo‘shilib ta’sir qilib kelgan ta’sirotlar keyinchalik yolg'iz o ‘zi