xususiyatini ortishi tufayli katta qon aylanish doirasidan qon surilib kichik qon aylanish doirasi tomirlariga haydaladi va uni toldiradi. Miyaning qon bilan ta’minlanishi ancha pasayganligi sababli, hushdan ketish yuzaga keladi. (Myuller tajribasi). Har ikkala tajriba ham nafas faoliyati bilan qon aylanishi orasidagi uzviy bogliqlikni ko‘rsatib turibdi. Qon bosimining ko‘tarilishi reflektor ravishda sinus karotiddagi reseptorlaming qo‘z g ‘alishini chaqirish bilan nafas harakatlarini tormozlaydi. Aksincha, qon bosimining tushib ketishi, sinus karotiddagi reseptorlarga ta’sir ko‘rsatib reflektor y o ‘l bilan nafasning tezlashishiga va chuqurlashishiga olib keladi. NAFAS HARAKATLARINING BOSHQARILISHI Hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nafas jarayonlarini nerv va gumoral sistemalar boshqaradi. Shuning natijasida nafas tizimining faoliyati organizmning faoliyatiga to la moslashib, uning ehtiyojini qondirib turadi. Nafas olish tizimining faoliyatini boshqaruvchi markazning asosiy qismi uzunchoq miyada joylashgan, bu markaz 1885 yilda rus fiziologi N.D.M islovskiy tomonidan o ‘rganilgan. Agarda uzunchoq miya bilan orqa miyaning o ‘rtasidan kesib, ulaming o‘zaro aloqasini uzsak, bu vaqtda nafas harakatlari, ya’ni ko'krak qafasining kengayib-torayishi darhol to‘xtaydi. Bu esa uzunchoq miyadagi markaz nafasni boshqaradigan asosiy va hayotiy muhim markaz ekanligidan dalolat beradi. Uzunchoq miyadagi markaz juft simmetrik qismlardan tashkil topgan b o iib , har qaysi tomoni ko‘krak qafasining tegishli tarafida boladigan nafas olish va nafas chiqarish harakatlarini boshqarib, idora