va kalsiy bikarbonatlari, azotning achchik tuzi, ammiak, odamlar so ‘lagi tarkibida esa yuqoridagilardan tashqari sul’fotsianli kislotalar birikmasi - rodanidlar kabi anorganik moddalar saqlanadi. b) musin, globulin hamda aminokislotalar, kreatinin, siydik kilotasi va mochevina kabi organik birikmalar ham saqlanadi. Sulakning tarkibida mikroblami juda tez eritib yuboruvchi fermentga o ‘xshash modda lizosim saqlanadi, uncha katta bo‘lmagan miqdorda proteolitik va linolitik fermentlar va shular qatorida oksidaza va peroksidazalar ham saqlanadi. 0 2, N va ayniqsa C 0 2 kabi jiddiy miqdordagi gazlar ham saqlanadi. So‘lak va ovqat hazmlash kanaliga tushadigan dastlabki suyuqlik sifatida quruq moddalami yumshatadi, eruvchi moddalami eritadi va qattiq, dag‘al moddalami shilimshiq modda-musin bilan o ‘rab ulaming yutilishini yengillashtiradi. So‘lak zararli moddalami neytrallaydi, ulami konsentrasiyasini suyultiradi hamda og ‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasiga o ‘tirib qolgan zaharli va zararli moddalami yuvadi. 164
Odamlar so'lagida kraxmalni parchalab qator dekistrinlardan keyin glyukozaga aylanishini ta’minlovchi ptialin, hayvonlarda esa amiiaza fermenti saqlanadi. Ptialin ishqorli, neytral va kuchsiz kislotali muhitda ta’sir ko‘rsatadi. M e’daning kislotali shirasi bu fermentning ta’sirini tormozlaydi, lekin uni parchalamaydi va bu fermentning faoliyat ko‘rsatishi uchun eng qulay muhit pH- 6,7 dir. 20 yoshdan boshlab odamlar so‘lagida ushbu fermentning kamaya borishi kuzatiladi. S o‘lak tarkibida katta miqdorda ishqorlarning saqlanishi, so ‘lak hosil bo‘lishida ulaming qondan ajralishi