qon reaksiyasining nisbatan doimiyligini ta’minlashga yordam beradi. Bundan tashqari so‘lak tarkibidagi ishqorlar m e’da shirasining ortiqcha kislotaligini pasaytiradi. SO‘LAK AJRALISHI So‘lakni asosan uch juft - quloq oldi, til osti va jag‘ osti so ‘lak bezlaridan ishlab chiqaradi. Bulardan tashqari, so‘lak hosil bo‘lishida og‘iz devorida, til ildizida, tomoqda joylashgan mayda qo‘shimcha bezchalar va ayrim qadoqsimon hujayralar ham ishtirok etadi. Mayda qo‘shimcha bezchalaming bir qismi tarkibida oqsil saqlovchi suvsimon suyuqliklar ajratsa, aksariyati shilimshiq ajratadi. Asosiy so‘lak bezlarining hujayra tuzilishi bir xil emas, binobarin ajratgan suyuqliklari ham bir-biridan ma’lum darajada tafovut qiladi. Jumladan, quloq oldi so‘lak bezi doim seroz hujayralardan tuzilgan bo‘Isa, jag‘ osti va til osti so‘lak bezlari seroz va shilliq hujayralardan tashkil topgandir. Shu tufayli quloq oldi so‘lak bezi tarkibida oqsil saqlovchi suvsimon shira suyuqlik ajratadi; til osti va jag‘ osti so‘lak bezlari esa, shilliq modda - mutsin ajratadi. Asosiy so ‘lak bezlarining faoliyatini o ‘rganish uchun tegishli bez y o ‘liga fistula qo‘yiladi. Yoxud bez y o ‘li lunj orqali teri yuzasiga chiqarib tikiladi. So‘lak bezlari y o ‘liga fistula qo‘yish usuli I.P.Pavlov laboratoriyasida D.L.Glinskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul qo‘yidadilargan iborat: so ‘lak bezining chiqish y o ‘li lunjning ichki yuzasidan atrofdagi shilliq parda bilan birgalikda kesib olinadi, so‘ngra lunj devori teshilib, bezning y o ‘li tashqariga, teri yuzasiga chiqarilib, tikiladi. Operatsiya jarohati bitib ketganidan so‘ng tegishli moslama yordamida so‘lak maxsus idishga y ig ‘ib olinadi (27-rasm). 165