sekret bilan birga alveola ichiga chiqadi. Alveolalarga chiqqan sekret epiteliy hujayralarining qisqarishi natijasida alveola y o ‘llariga, bu y o ‘llar esa, ulardagi silliq muskul tolalarining qisqarishi tufayli bez y o ‘liga o ‘tadi. SO‘LAK AJRATISHNIN G BOSHQARILISHI So‘lak bezlarining faoliyati organizm ehtiyojiga mos holda neyro- gumoral y o ‘l bilan muntazam boshqarilib turadi. Neyro - gumoral y o ‘l bilan boshqarilishi sababli so‘alk bezlari o ‘z faoliyatini tez o ‘zgartira oladi va natijada yeyilayotgan ozuqaning hiliga, xarakteriga, miqdoriga va tarkibiga mos tushadigan so‘lak ajrata oladi. O g‘izga tushgan ozuqa va oziqmas moddalar og ‘iz devori, lunj va tildagi xilma-xil (mexano, xemo, termo) retseptorlami ta’sirlaydi; hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish nerv impulsi sifatida uchlik nervining til tarmog‘ida til halqum nervi va adashgan nervning hiqildoq osti tarmog‘i tarkibidagi tegishli afferent tolalar orqali 167
uzunchoq miyadagi so‘lak ajratish markaziga beriladi. Oqibatda markaz qo‘zg‘aladi. Markaziy javob reaksiaysi parasimpatik va simpatik nerv tizimini tegishli tolalari orqali so ‘lak bezlariga yetib keladi. Natijada bezlardan so ‘lak ajralib chiqadi. Bu shartsiz refleks y o ‘li bilan so ‘lak ajralishidir. Parasimpatik nerv tolalari qo‘z g ‘alganda ko‘p miqdorda suyuq, simpatik nerv tolalari qo‘zg‘alganda esa kam miqdorda quyuq, ya’ni organik noorganik moddalarga boy s o ia k ajraladi. So‘lak ajratishni boshqaradigan markaz faqatgina uzunchoq miyada bo‘masdan, oraliq miya, talamus va gipotalamus hamda bosh miya p o‘stlog‘idagi nerv hujayralarining m a’lum guruhlari ham bu jarayonda ishtirok etadi. So‘lak ajralishini boshqarilishida po‘stloq hujayralarining