Ra'no G'ayratova


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix03.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#86519
1   2   3   4   5   6   7   8
zamonaviy-tarix-fani-oqtuvchisiga-qoyiladigan-talablar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 620  www.ares.uz 
harakatlantiruvchi kuchi bilimli va savodli odamlardir. Zamonaviy dunyoda ta'lim 
ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik o'sishining eng muhim sharti, mamlakatni barqaror 
rivojlanishining manbai hisoblanadi.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
D. Xibben ta'lim har qanday kundalik vaziyatda to'g'ri harakat qilish 
qobiliyatidir, deb aytgan. Atrofimizdagi dunyo juda tez sur'atlarda o'zgarib bormoqda 
va shunga ko'ra o'rganish usullari ham o'zgarishi kerak. O'quv jarayoni dialogik, 
izlanishli, loyihaga asoslangan bo'lishi kerak. Biz tez o'zgaruvchan dunyoda 
yashayapmiz, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda va bilim hajmi oshmoqda. 
An'anaviy maktab - bilimlarni faqat og’zaki tarizda tushuntirish maktabi asta-sekin 
o'tmishga aylanib bormoqda; yangi tarixiy maktab, rivojlanish maktabi tobora 
faollashib bormoqda. Maktabga ijodiy g'oyalarga ega, yangi o'quv dasturlarini ishlab 
chiqish 
va 
amalga 
oshirishga 
qiziqadigan 
va 
o'qitishning 
innovatsion 
texnologiyalaridan foydalana oladigan o'qituvchi kerak. 
Eng qadimgi zamonlarda bilim va tarbiya berishdan kutilgan maqsadni, 
ta'limning usullarini, bizgacha yetib kelgan arxeologik qazilmalar va yozma 
manbalardan bilishimiz mumkin. Turkiy va forsiy zabon xalqlarning hayot kechirish 
tarzi, borliqqa amaliy munosabatda bo’lish namunasi ifodalangan ma'naviyat va 
madaniyat yodgorliklari, qadimgi yunon tarixchisi Geradotning «Tarix», Strabonning 
«Geografiya» asarlari, Maxmud Qoshgariyning «Devonu lugatit-turk», «Urxun-
Yenisey bitiklari» va boshka shu kabi adabiy va tarixiy manbalar orqali bizga yetib 
kelgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin