“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023 46 hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-
hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida
quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi:
1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi
masofani qisqartirish;
2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam masl
ahat asosida tashkil qilish va
rivojlantirish
;
3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqi
sh va ularni hayotga tadbiq etish;
Mamlakat iqtisodiyotining asosiy bo'g'inini esa uning bank va moliya tizimi
tashkil etadi. Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan
operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab
beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga
kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim.
Binobarin, banklarning iqtisodiyotda tutgan roli ularning funksiyalari kabi ma’lum
darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil
topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim
operatsiyalarni bajaradi. Shu boisdan ham, banklar qanday mulkiy shaklda yoki
ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida va
yetakchi ahamiyat kasb etadi.Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda
ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Jamiyatdagi
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi; 2.
Qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar
beradi; 3. Milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini
ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi; 4. Pul aylanmasini tashkil
etadi va uning tartibini belgilaydi; 5. Iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar
o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; 6. Bozor
ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
7. Aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. Banklarning
iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi 8. Vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta
taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Barchamizga a'yonki, jamiyatda faoliyat yurituvchi
xo‘jalik subyektlarining asosiy maqsadi albatta , jamiyatdan iqtisodiy foyda olishga