“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023
48
harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi
bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida
subyekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Chunki , ular iqtisodiyotning
ajralmas va yaxlit eng asosiy qismi ya'ni tayanchi hisoblanadi. Masalan, banklarning
asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak,
muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi
lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning
sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar
tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda
O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
iqtisodiyotimizning
barqaror o‘sishini ta’minlab, yuqori xalqaro reyting
ko‘rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayapti.
Bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi:
barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank,
Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli.
Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo‘lgan bank omonatlarining ulushi
31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu
ko‘rsatkich 100% ga teng. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bank-moliya
tizimini shakllantirishda shu jumladan, tijorat banklarining investitsion jozibadorligini
oshirish masalalari, shuningdek, hukumat tomonidan mamlakat bank sektorini
modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan bir qator oqilona qarorlar o'z taqbig'ini
topmog'i lozim. Ana shundagina, banklar tijorat samaradorligini oshirish o‘rta va uzoq
muddatli strategiyani shakllantirish mumkin.
REFERENCES
1.
http://www.cerr.uz/uz/news/news/transformacia-bankovskogo-sektora-
strategiceskievyzovy-dla-uzbekistana
2. М. В. Романовский, Н. Г. Иванова. Финансы [Электронный ресурс]:
учебник для академического бакалавриата / ред.. . 5-е изд. перераб. и доп.
Москва: Юрайт, 2016. – Режим доступа http//www.biblioonline.ru
3. Чалдаева Л. А. Килячков А. А.. Рынок ценных бумаг [Электронный
ресурс] : учебник для академического бакалавриата /– 5-е изд., перераб. и доп. –
Москва : Юрайт, 2016. – Режим доступа http//www.biblio-online.ru
Dostları ilə paylaş: |