“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023 43 buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlarni tanlash,
elektron savdoni yuritish, to‘lovlar va boshqalarga tegishlidir.
Texnologik raqamli muhit – bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi
faoliyat uchun butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan «akvarium» hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur'atlarini
o‘zlashtirish hamda xizmat va mahsulotlar shaklini xilma-xillashtirishga imkoniyat
yaratadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bozorga
chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasi haqida gapiradigan bo‘lsak, axborot texnologiyalari
ko‘plab kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko‘lamdagi amallar
tezroq, arzonroq, qulayroq va o‘rtadagi vositachilarsiz bajariladi.
Elektron savdo, internet-banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo‘nalishlar
kundan kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar
sohalarda avtomatik tarmoqli servislar (masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova kabi)
biznesdagi vositachilar o‘rnini egallamoqda.
Buning samarasi o‘laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli darajada
tushirishi, makroiqtisodiy yo‘nalishda esa yakka ishlab chiqarish va noto‘liq bandlik
ko‘rsatkichlari o‘sishi mumkin. Shuningdek, kraudfanding va kraudsorsing kabi
yo‘nalishlar ham hozirda yangi iqtisodiy texnologiyalar sirasiga kiritilmoqda.
Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar natijasida
qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va
manfaatlarni baham ko‘rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa
bozordagi raqobat o‘z o‘rnini o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol
bo‘shatishi, shu bilan birga, vertikal muloqotdan o‘zaro teng munosabatlar va bir-birini
to‘ldiruvchi xizmatlarga o‘tishiga umid uyg‘otadi.
Taxminlarga ko‘ra, bu servislar sonining ortishi va xizmatlarga doir elektron
savdo hajmining o‘sishida o‘z aksini topadi.
Barchamizga ma'lumki, har bir davlatning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni va
nufuzi bevosita uning iqtisodiy va siyosiy kuchiga bog'liqdir. Mamlakat taraqqiyoti,
uning rivojlanishi , butun dunyoda o'z so'zi va o'z qarashlariga ega bo'lishi ham aynan
shu davlatning ham iqtisodiy ham ma'naviy kuchiga chambarchas bog'liqdir.
Hozirgi kunda jahon moliya-
bank tizimida birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlar
kriptovalyutalar va vositachilarsiz kreditlash kabi elementlar bozoridagi ulushnin
g shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Ma’lumki, an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-
kompaniyalarning bozor bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya
qanchalik ko‘p foydali ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (yoki hizmat) ishlab c