“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023 47 qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi
bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini
rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida
aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq
xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy
mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir
tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga
nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida
mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi. Ana shunday
jarayonda ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu
mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni
qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo‘jalik subyektlariga qayta
taqsimlab beradi. Ko'rinib turibdiki, ushbu munosabatlarni bankdan boshqa birorta
moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‘ziga xos
jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi va
davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va
ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki,
bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik subyektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz
minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan
amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi.Shu sababli ham banklar iqtisodiyotimizning
yetakchi va asosiy bo'g'ini hisoblanadi. O'z navbatida, banklarning iqtisodiyotdagi
rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Masalan: Aholi va mijozlarning
banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va
mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari
shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va
halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan
ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch
yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. Bu esa
nafaqattijorat banklarining faoliyatiga balki iqtisodiyotda ularning tutgan o'rnining
pasayishiga ham olib kelishni mumkin. Binobarin, mamlakatda qonun ustuvorligini
ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish orqali nafaqat davlat
iqtisodiyotini balki , uning ichki va tashqi siyosatini ham barqarorlashtirish mumkin .
Tijorat banklarining xo‘jalik subyektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd
pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bularning
barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi