Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


BIOS (asosiy kirish/chiqish tizimi)



Yüklə 107,09 Kb.
səhifə3/13
tarix24.12.2023
ölçüsü107,09 Kb.
#193021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BIOS (asosiy kirish/chiqish tizimi) - bu kompyuterning mikroprotsessori uni yoqilgandan keyin kompyuter tizimini ishga tushirish uchun foydalanadigan dastur. Bundan tashqari, u kompyuterning operatsion tizimi (OT) va qattiq disk, video adapter, klaviatura, sichqoncha va printer kabi biriktirilgan qurilmalar o‘rtasidagi ma’lumotlar oqimini boshqaradi.
BIOS atamasi birinchi marta 1975 yilda amerikalik kompyuter olimi Gari Kildall tomonidan kiritilgan. U 1981-yilda IBM kompaniyasining birinchi shaxsiy kompyuteriga kiritilgan va keyingi yillarda boshqa shaxsiy kompyuterlar ichida mashhur bo‘lib, bir muncha vaqt kompyuterlarning ajralmas qismiga aylangan. Biroq BIOS-ning mashhurligi yangi texnologiya foydasiga kamaydi ya’ni Birlashtirilgan kengaytiriladigan mikrodastur interfeysi ( UEFI ). Intel 2017 yilda eski BIOS tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni 2020 yilgacha to‘xtatib, ularni UEFI bilan almashtirish rejasini e’lon qildi.

27-rasm: BIOS(Basic Input/Output System) ni umumiy ko‘rinishi
BIOS (Basic Input/Output System) - asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard (ona plata) da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga (dasturiga) o‘z ishini (NTLDR, bootmgr) beradi. Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOSning ishi hisoblanadi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;

  • Kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshirish (POST-test);

  • Kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshirish;

  • Tizim resurslarini taqsimlash;

  • PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;

  • Operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshirish (bootmgr);

  • Qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshirish;

  • Elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish holatiga o‘tkazish.

Har xil turdagi motherboar (ona plata) lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:

  • American Megatrends (AMI);

  • Award Software;

  • Phoenix Technologies.


Yüklə 107,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin