Demping narxlarini qo`llash Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollard tan narxdan ham past bo`lgan narxlarga chiqaradi.
Narxlardan chegirma qilish Bunda tovar narxlaridan muayyan foizda chegirma qilinadi.
Imtiyozli narxlarni qo`llash Bunda xarid hajmini ko`paytirib borgan iste`molchilarga rag`batlantiruvchi imtiyozli (pasayib boruvchi) narxlardan foydalaniladi.
Reklama , tovar belgilari, firma muhirlari hamda qadoqlash usullari tovarlar jozibadorligini oshirish va sotish hajmining ko`payishini rag`batlantirishning muhim yo`llari hisoblanadi.
Marketing –uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtirishga harakat qilinadi.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi.
Monopoliyalarning kelib chiqish sabablari:
Kapitalning to`planishi va markazlashish.
Fan – texnika taraqqiyoti.
Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo`llab – quvvatlashi.