Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra: sof monopoliya, oligopoliya, monopsoniya farqlanadi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK, Toshkent aviatsita ishlab chiqarish birlashmasi.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan: O`zbekistonda sement (asosan Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan) va h.k.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko`p bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori mavjud bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan: <> korxonasi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko`ra:tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun`iy monopoliya farqlanadi.
Tabiiy monopoliya – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, ular raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin bo`lgan sohalarni o`z ichiga oladi.
Suv, energiya, gaz ta`minoti korxonalari.
Temir yo`l transporti.
Harbiy – mudofaa majmuasi korxonalari.
Legal (qonuniy ) monopoliya– bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.
Patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar huquqini taqdim etish tizimi.
Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san`at asarlari, ko`rsatuvlar,efir to`lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Tovar belgilari–bu savdo belgilari, maxsus ramzlari, nomini ro`yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo`yicha paydo bo`lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.