Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati



Yüklə 315,85 Kb.
səhifə1/13
tarix22.05.2023
ölçüsü315,85 Kb.
#119970
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
14 Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanati


Raqobatlashgan bozorda firmaning muvozanati



  1. Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati

  2. Masshtab samarasi o`sganda va qisqarganda uzoq va
    qisqa muddatli oraliqlardagi o`rtacha xarajatlar grafigi

  3. Tarmoqning muvozanat holati va tarmoq taklifi

  4. Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi



Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati ( E -muvozanat nuqta)
Raqobatlashuvchi firma tarmoqqa qarashli bo`lgani uchun bu shart tarmoqning ham uzoq muddatli oraliqdagi (raqobatlashgan bozorda) muvozanat holatini ifodalaydi.
Yuqoridagi rasmdan ko`rish mumkinki, firmaning iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatida nolga teng. Lekin, bu firma umuman foyda olmaydi degani emas, aslida firma o`zining qo`ygan (qo`shgan) kapitaliga ko`ra real normal foyda oladi. Iqtisodiy foyda alternativ xarajatni ham hisobga oladi, ya′ni firma egasining o`z kapitalini boshqa bir sohaga qo`yish natijasida oladigan foyda. Shuning uchun ham aytish mumkinki, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o`rtacha xarajatlari o`z ichiga normal foydani (tarmoq bo`yicha o`rtacha
foydani) oladi. Firma egasining iqtisodiy foydasi nol` degani, u o`z kapitalini boshqa sohaga qo`yganda ham shu miqdorga teng normal foydani olar edi, demak uning alternativ xarajati nolga teng. Agar firma egasining alternativ xarajati noldan yuqori, ya′ni musbat bo`lsa, u o`z kapitalini ushbu tarmoqdan olib, boshqa iqtisodiy foyda beradigan tarmoqqa qo`ygan bo`lar edi. Shunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o`rtacha xarajati narxga teng bo`lsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u o`z ishini normal foyda olgani uchun to`xtatmaydi.Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo`lgani uchun va tarmoqning o`zi ham raqobatlashuvchi bo`lgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendensiyasiga ega.
Uzoq muddatli oraliqda tarmoqnig tipik vakili bo`lgan firma o`z
foydasini shunday ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradiki, bu
hajmda uzoq muddatli chekli xarajat mahsulot narxiga teng bo`lsa:



Yüklə 315,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin