IoT Security Foundation ishlab chiqaruvchilardan mustaqil bolgan halqaro
tashkilot bo’lib, u bilimlar, ilg’or tajribalar va takliflar bilan almashinish masalalari
bilan shug’ullanadi. Unda bir qancha ma’lumotnomalar bo’lib, ularning biri “
IoT ning havfsizligini ta’minlash asoslari ” deb nomlanadi. Ularning fikricha,
IoT internet evolyutsiyasidagi yangi bosqich hisoblanadi. Shu texnologiya tufayli
mahsulot va hizmatlarning narxlari ancha kamaydi va natijada bozorga yangi
turdagi tovarlar kirib keldi. Buyumlar internet yangi mobil qurilmalar, gadjetlar,
uskunalar, jarayonlarga ulangan datchiklar va intellectual o’yinchoqlar tufayli
347
borgan sari kengayib bormoqda. Shuning uchun agarda kerakli va yetarli himoya
vositalari bo’lmasa, ko’ngilochar internet (
internet of treats ) osonlik bilan tahdidlar
interneti (
internet of threats ) ga aylanib qolishi mumkin.
Katta ma’lumotlar (
Big Data ), analitika (
Analitics ), buyumlar internet
(IoT ), virutl voqe’lik (
VR ), sun’iy intellect (
AI ), qo’shimcha reallik (
AR ) va
mashinaviy o’qitish dunyo miqyosida keng tarqalib, ko’pchilik tashkilotlar undan
o’z faoliyatlarida ishlatayaptilar. Bu texnologiyalarni qo’llamaganlar yoki juda
bo’lmaganda ular bilan tanoshib chiqmaganlar raqobatbardoshlilikni yo’qotib
qo’yishlari mumkin.
Deloitte Consulting kompaniyasi 2019 yil trendlari (
Tech Trends 2019: Beyond the Digital Frontier ) deb nomlangan hisobotida jamiyatda
katta o’zgarishlarga olib keladigan innovatsion texnologiyalar rivojlanishining
quyidagi olti tendentsiyalari haqida aytib o’tgan.
1.
Korxona va tashkilotlar sun’iy intellektdan foydalanishning yangidan-yangi
usul va vositalaridan foydalanadilar;
2.
Avtomatizatsiya joriy operatsiyalarni bevosita boshqarishdan halos qiladi
(
NoOps );
3.
Tarmoqlarda raqamli periferiya paydo bo’ladi va ular tarmoqqa sensorlarni va
aqlli qurilmalarni ulashga imkon yaratadilar. Bu esa virtual reallik hamda
avtomatlashtirish uchun juda muhim hisoblanadi;
4.
Sotuvchilar mahsus qurilma va uskunalar vositasida insonlarning “miyasiga
kirib” uning ehtiyojlarini aniqlaydilar (
mashinaviy o’qitish, IoT, robototexnika, kontekstni bilish tizimlar, virtual va qo’shimcha voqe’lik yordamida ) va
shuning asosida real vaqtda reklamalarni uyushtiradilar;
5.
IT va marketing bo’limlarining rahbarlari o’z funktsiyalarining bir qismini
komp’yuterlarga topshirishlari asosida birgalikda ishlashlari jarayoni amalga
oshadi;
6.
DevSecOps modeli amalga kira boshlaydi. Bu model ma’lumotlar himoyasiga
alohida innovatsion yondoshni qo’llaydi. Ochiq raqobat muhitida havfsizlik
348
ko’rsatgichlari biznesning talablari bilan moslashtiriladi va masala hamda
muammolarni hal qilinishi ham shunga mos ravishda amalga oshiriladi..