Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

IoT Security Foundation
ishlab chiqaruvchilardan mustaqil bolgan halqaro 
tashkilot bo’lib, u bilimlar, ilg’or tajribalar va takliflar bilan almashinish masalalari 
bilan shug’ullanadi. Unda bir qancha ma’lumotnomalar bo’lib, ularning biri “
IoT 
ning havfsizligini ta’minlash asoslari
” deb nomlanadi. Ularning fikricha, 
IoT
internet evolyutsiyasidagi yangi bosqich hisoblanadi. Shu texnologiya tufayli 
mahsulot va hizmatlarning narxlari ancha kamaydi va natijada bozorga yangi 
turdagi tovarlar kirib keldi. Buyumlar internet yangi mobil qurilmalar, gadjetlar, 
uskunalar, jarayonlarga ulangan datchiklar va intellectual o’yinchoqlar tufayli 


347 
borgan sari kengayib bormoqda. Shuning uchun agarda kerakli va yetarli himoya 
vositalari bo’lmasa, ko’ngilochar internet (
internet of treats
) osonlik bilan tahdidlar 
interneti (
internet of threats
) ga aylanib qolishi mumkin.
Katta ma’lumotlar (
Big Data
), analitika (
Analitics
), buyumlar internet 
(IoT
), virutl voqe’lik (
VR
), sun’iy intellect (
AI
), qo’shimcha reallik (
AR
) va 
mashinaviy o’qitish dunyo miqyosida keng tarqalib, ko’pchilik tashkilotlar undan 
o’z faoliyatlarida ishlatayaptilar. Bu texnologiyalarni qo’llamaganlar yoki juda 
bo’lmaganda ular bilan tanoshib chiqmaganlar raqobatbardoshlilikni yo’qotib 
qo’yishlari mumkin. 
Deloitte Consulting
kompaniyasi 2019 yil trendlari (
Tech 
Trends 2019: Beyond the Digital Frontier
) deb nomlangan hisobotida jamiyatda 
katta o’zgarishlarga olib keladigan innovatsion texnologiyalar rivojlanishining 
quyidagi olti tendentsiyalari haqida aytib o’tgan.
1.
Korxona va tashkilotlar sun’iy intellektdan foydalanishning yangidan-yangi 
usul va vositalaridan foydalanadilar; 
2.
Avtomatizatsiya joriy operatsiyalarni bevosita boshqarishdan halos qiladi 
(
NoOps
); 
3.
Tarmoqlarda raqamli periferiya paydo bo’ladi va ular tarmoqqa sensorlarni va 
aqlli qurilmalarni ulashga imkon yaratadilar. Bu esa virtual reallik hamda 
avtomatlashtirish uchun juda muhim hisoblanadi; 
4.
Sotuvchilar mahsus qurilma va uskunalar vositasida insonlarning “miyasiga 
kirib” uning ehtiyojlarini aniqlaydilar (
mashinaviy o’qitish, IoT, robototexnika, 
kontekstni bilish tizimlar, virtual va qo’shimcha voqe’lik yordamida
) va 
shuning asosida real vaqtda reklamalarni uyushtiradilar; 
5.
IT
va marketing bo’limlarining rahbarlari o’z funktsiyalarining bir qismini 
komp’yuterlarga topshirishlari asosida birgalikda ishlashlari jarayoni amalga 
oshadi; 
6.
DevSecOps
modeli amalga kira boshlaydi. Bu model ma’lumotlar himoyasiga 
alohida innovatsion yondoshni qo’llaydi. Ochiq raqobat muhitida havfsizlik 


348 
ko’rsatgichlari biznesning talablari bilan moslashtiriladi va masala hamda 
muammolarni hal qilinishi ham shunga mos ravishda amalga oshiriladi.. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin