Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə13/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

Muskullarning reflektor tonusi. Organizmdagi muskullar umr bo’yi bir
qadar tarang turadi. Uyqu vaqtida ham, ya’ni muskullar bo’shashib qoladigan 
vaqtda ham ular bir qadar tarangligini saqlaydi. Muskullarning uzoq taranglanib va
hammadan ko’p qisqarib turgan holati muskul tonusi deb ataladi.
Yangi murdaning muskullari butunlay boshqacha bo’ladi: ular ilvillab turadi,
tarangligi tamomila yo’qoladi. 

Muskullar tonusning borligi baqalar ustida qilingan tajribalarda isbot etilgan.


Bu tajribalarda spinal baqa (bosh miyasi olib tashlangan baqa) shtativga osib 
qo’yiladi. Shu baqaning keyingi oyoqlariga e’tibor berilsa, ular garchi osilib tursa
ham bir qadar bukilganligini ko’rish mumkin. 
Shunday baqaning bir tomonidagi orqa miya ildizlari qirqib qo’yilsa, o’sha
tomondagi muskullar tonusi yo’qoladi va baqa oyog’i shalpillab osilib tushadi. 
Orqadagi ildizlardan o’tadigan sezuvchi yoki markazga intiluvchi yo’llar
qirqib qo’yilganda tonusning yo’qolishi, muskullar tonusi refleksdan iborat 
ekanligini va reflektor yoy zararlanganda tonus yo’qolishini ko’rsatadi. Ana shu
refleksning yoyi bilan tanishaylik. 
Muskullarning vaziyati o’zgartirilganda yoki cho’zilganda ularning
retseptorlarida qo’zg’alish kelib chiqadi, bu qo’zg’alish markazga intiluvchi tolalar 
orqali orqa miyaga o’tadi. Qo’zg’alish to’lqinlari orqa miyadan muskullarga kiradi
va ularni qo’zg’ab, hamisha ma’lum darajada tarang holda ushlab tutadi, ya’ni 
muskullar tonusini vujudga keltiradi. Muskullarning tarangligi va vaziyati
uyg’oqlik va uyqu davrida to’xtovsiz o’zgarib turganligidan orqa miyaga uzluksiz 
impulslar kirib turadi, shuning natijasida muskullarda o’zgarib turadigan, lekin umr
bo’yi saqlanadigan tonus vujudga keladi. 
Shunday qilib, refleks yoyi muskullarda boshlanadi, muskullardagi
retseptorlar (proprioretseptorlar) refleks yoyining bosh qismi hisoblanadi. So’ngra, 
markazga intiluvchi tolalar va orqa miyaga keladi. Orqa miyada qo’zg’alish
markazdagi refleks yoyining keyingi qismi markazdan qochuvchi nerv va uning 
muskuldagi oxirlaridir.
Reflektor tonus yurishda, qo’l-oyoqni harakatlantirishda va gavda vaziyatini 
saqlashda g’oyat muhim ahamiyatga ega. Gavdani yoki ayrim organlarni uzoq vaqt
muayyan vaziyatda tutish, masalan kitob o’qiganda yoki xat yozganda boshni 
engashtirish nerv markazlari bilan muskullar tonusi tufayligina mumkin bo’ladi.
Harakatlarimizning tekis, uyg’un bo’lishi uchun muskullar tonusining ahamiyati 
muhim. Bu, mehnat jarayonlarida va boshqa harakatlarda ayniqsa muhimdir. Shu
refleks yoyining qanday bo’lmasin biron qismi buzilgan bo’lmasin biron qismi 
buzilgan bo’lsa, harakatlarimiz uyg’un bo’lmasdan, uzuq-yuliq bo’lgan bo’lur edi.
Odamda orqa miya markazlarining tonusini va muskullar tonusini bosh miya 
nazorat qiladi.



Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin