inasabatsiya qiladi. Chanoq asabining tarkibiga kiradigan parasimpatik tolalar orqa
miyaning dumg’aza bo’limidan boshlanadi. Bu tolalar sigmasimon ichakni, to’g’ri
ichakni, jinsiy organlarni, qovuqni inasabatsiya qiladi.
Simpatik asab tizimi Simaptik asab tizimi orqa miyaning so’nggi bo’yin
segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo’lgan qismidan boshlanadi. Bu
tolalarning talaygina qismi orqa miyadan chiqib umurtqa pog’onasi oldidagi
tugunlarga kiradi. Bu tugunlar yoki gangliyalar chegarasi simpatik zanjirini hosil
qiladi. O’sha tolalarning talayginasi shu zanjirda uziladi, qolganlari esa umurtqa
pog’onasidan naridagi gangliyalarda uziladi. Bo’yinning yuqori va o’rta qismidagi
tugunlar, bo’yinning pastki qismidagi yoki yulduzsimon tugun, qo’yoshsimon
chigal, ichak tutqichining yuqori va pastki tugunlari shunday tugunlarga kiradi.
Simpatik asab tizimi barcha to’qima va organlarni inasabatsiya qiladi. Bu
asab tizimi hazm organlari, silliq muskullar, yurak, tomirlar, buyraklar, qovuq,
ichki sekresiya bezlari, jinsiy organlar, sezgi organlari, ter bezlari va shu kabi
organlarning faoliyatiga ta’sir etadi.
Simpatik asab tizimi yuqorida aytilgan organlarning ishiga ta’sir etibgina
qolmay, balki barcha ko’ndalang targ’il muskullarning faoliyatiga ham ta’sir etadi;
simpatik asab tizimi muskullar tonusiga, ulardagi modda almashinuv jarayonlariga,
charchagan muskulning yana ishlab ketishiga ta’sir ko’rsatadi.
L.A.Orbeli simpatik asab tizimi adaptatsion-trofik funksiyani o’taydi degan
nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra, simpatik asab tizimi organizmda ikki
tomonlama rol o’ynadi.
Simpatik asab tizimi muskullardagi modda almashinuviga ta’sir etadi. Bu esa,
muskul to’qimasining ishida aks etadi. Trofik funksiya deb xuddi shu funksiyaga
aytiladi (grekcha «trofos», ya’ni ovqatlantiruvchi degan so’zdan olingan).
Simpatik asab tizimining adaptasion, ya’ni moslashtiruvchi roli shundan
iboratki, uning ta’sirida organ va to’qimalarda bir qancha o’zgarishlar kelib
chiqadi, shuning natijasida organ yangi, o’zgargan sharoitda ishlashga shaylanadi.
Simpatik asab tizimining hamma faoliyati ham xuddi parasimpatik asab tizimining
faoliyati singari bosh miya po’stlog’ining ta’siri ostida bo’lib, bugun markaziy
asab tizimining faoliyati bilan chambarchas bog’langan deb hisoblash lozim.
Emosional holat simpatik asab tizimining faoliyatiga ma’lum darajada
bog’langandir.
Qo’rqish, g’azablanish, achchiqlanish va shu kabi holatlar organizmda bir
qancha o’zgarishlarga sabab bo’ladi: kishini sovuq ter bosadi, tomirlari kengayadi
yoki torayadi, shuning natijasida yuz, badan qizaradi yoki oqaradi; shiddatli
harakatlar boshlanadi, yoki aksincha, harakatlar tormozlanadi va hakazo.
Muayyan emosiyalarning ana shu tashqi ifodalari bosh miya katta yarim
sharlarining organlar faoliyatiga birinchi galda simpatik asab tizimi orqali ta’sir
etishidan kelib chiqadi. Simpatik asab tizimi qo’zg’alib, buyrak usti bezlaridagi
miya qavatining (bu qavat adrenalin ishlab chiqaradi) faoliyatini ham kuchaytiradi.
Shu tariqa simpatik asab tizimi qo’zg’algan vaqtda qonda adrenalin ko’payadi. Bu
gormon simpatik asab tizimiga o’xshash ta’sir etadi.
Parasimpatik va simpatik asab tizimlari yagona asab tizimidir. Bu tizimlar
ko’pincha bir-biriga qarama-qarshi ta’sir etadi; masalan, parasimpatik asablar
yurakning faoliyatini susaytirsa, simpatik asablar kuchaytiradi; parasimpatik
asablar ichak harakatlarini kuchaytirsa, simpatik asablar susaytiradi. Butun bir
organizmdagi funksiyalarning idora etilishi uchun, parasimpatik asab tizimining
ham, simpatik asab tizimining ham ishlab turishi birday muhimdir.
Zo’r jismoniy ish vaqtida simpatik asab tizimi juda muhim rol o’ynaydi,
ammo ko’p va uzoq ishlash parasimpatik asab tizimining ham o’z vaqtida ta’sir
ko’rsatishiga bog’liq. Ikkala tizimning kelishib ishlashi tufayligina uzoq vaqt
jismoniy ish qilish mumkin bo’ladi. Parasimpatik va simpatik asab tizimlarining
kelishib ishlashi organizmning mutadil hayot kechirishi va ishlashiga olib keladi.
Simpatik va parasimpatik asab tizimlarining ba’zi zaharlarga munosabati
Ba’zi zaharlar vegetativ asab tizimining turli qismlariga ta’sir etadi. Vegetativ
asab tizimining tugunlari, asab tolalari va uchlari muayyan zaharlar ta’sirida
turlicha qo’zg’aladi va falaj bo’ladi. Masalan, tamakida bo’ladigan zahar –
nikotin
simpatik tugunlarni falaj qiladi-yu, ammo tolalariga ta’sir etmaydi. Nikotindan
zaharlangan simpatik tugunlar qo’zg’alishni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi,
preganglionar toladan kelgan impuls shu tufayli postganglionar tolaga o’tmaydi va
organga yetib bormaydi.
Boshqa bir zahar, ya’ni atropin vegetativ asab tizimining parasimpatik
bo’limiga ta’sir etadi. Bu zahar parasimpatik asab tolalarining oxirlarida ishlovchi
organga qo’zg’alish o’tishini to’xtatib qo’yadi. Masalan, terining ostiga atropin
yuborilgandan keyin adashgan asab oxirlari falaj bo’ladi, yurakka tormozlovchi
impulslar kelmay qoladi, shuning natijasida yurak tez ishlay boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rajamurodov Z.T. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent, 2010
2. Bozorov B.M. Endokrinologiya. Samarqand, 2010.
3. Алматов К.Т. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент, 2004.
4. www. Ziyonet.uz
5.
www.Google.uz
6.
www.fiziologe.ru