Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə14/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

Keyingi miya. 

Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio ko’prigidan iborat. Uzunchoq 


miyaning asosiy funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlarning borligidan
kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa miyadan markazga intiluvchi yo’llar, 
shuningdek bosh miyaning yuqoridagi bo’limlaridan markazdan qochuvchi yo’llar
keyingi miya orqali o’tadi. Uzunchoq miyadagi ba’zi nerv hujayralarining o’siqlari 
orqa miyaning turli bo’limlariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani bir-
biriga bog’laydi. 
Boshqa nerv hujayralarining o’siqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib,
bosh miya nervlarini hosil qiladi. 

Uzunchoq miyada nerv hujayralarining to’plamidan vujudga keladigan


markazlar muhim reflektor aktlarni yuzaga chiqaradi. 
Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha
markazlar bor. Jumladan, nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlarni 
harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini idora etadigan markaz uzunchoq
miyadadir. 
Bu markazlarning fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammal
bayon qilingan. 
Nafas markazida qo’zg’alish reflektor yo’l bilan, shuningdek qonning
ximiyaviy tarkibining ta’siri tufayli kelib chiqadi. 
Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o’pkadan keluvchi
impulslar nafas markazini refleks yo’li bilan uzluksiz qo’zg’ab turadi. Qondagi 
karbonat angidrid asosan ximiyaviy ta’sirlovchi ekanligini yuqorida aytilganlardan
bilamiz. 
Shunday qilib, nafas markazining faoliyati refleks yo’l bilan ham, ximiyaviy
yo’l bilan ham idora etiladi. 
Yurak faoliyatining markazi nerv hujayralarining to’plamidan iborat. Bu
markazning asosiy ahamiyati yurakning ishini idora etishdan iborat. Nafas markazi 
kabi, yurak faoliyatining markazi ham refleks yo’l bilan va ximiyaviy moddalar
ta’siri bilan qo’zg’aladi. Aorta yoyidan va umumiy uyqu arteriyasining tashqi 
hamda ichki uyqu arteriyalariga bo’linadigan joyidan boshlanuvchi reflekslar
yurak faoliyati markazining refleks yo’l bilan qo’zg’alishiga misol bo’la oladi. 
Yurak-tomir tizimining boshqa ko’p qismlari kabi shu qismlarida ham qon bosimi
oshganda yurak faoliyati refleks yo’li bilan tormozlanadi. 
Tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markaz ham reflektor va ximiyaviy
ta’sirlar ostida bo’ladi. 
Bu markaz orqa miyadagi tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning
faoliyatiga ta’sir etadi. Aorta yoyidan va uyqu arteriyasidan boshlanuvchi refleks 
(yuqoriga qaralsin) tomirlarni harakatlantiruvchi markazning faoliyatiga ta’sir etib,
tomirlarni kengaytiradi. Simpatik nerv tizimi esa tomirlarni toraytiradi. 
Modda almashinuvi markazlari modda almashinuvini idora etadi. Uzunchoq
miyaning muayyan qismlariga igna sanchilganda siydik bilan qand chiqa boshlaydi 
yoki suv va tuz almashinuvi buziladi.
Ovqat hazm qilishga aloqador bo’lgan bir qancha reflekslarning markazlari
ham uzunchoq miyadadir. So’rish, so’lak chiqarish, me’da osti bezi bilan me’da
bezlaridan shira chiqarish, ovqatni chaynash, yutish uzunchoq miyadagi 
markazlarning reflektor faoliyatidan kelib chiqadi. Bu reflekslarning yuzaga
chiqishida bosh miya nervlari qatnashadi. Hozir aytilgan reflekslarning yoylari 
bosh miya nervlaridan tashkil topadi.
Masalan, ovqat chaynash refleksining yoyi til-halqum nervining markazga 
intiluvchi tolalaridan va uchlik nervining markazdan qochuvchi tolalaridan iborat.
Uchlik nervining markazga intiluvchi tolalari va yuz nervi bilan til-osti 
nervlarining markazdan qochuvchi tolalari so’rish refleksining yoyiga qo’shiladi.


Uzunchoq miyada ba’zi reflekslarning markazlari bor. Aksa urish, yo’talish,


ko’zni yumib-ochish, ko’zdan yosh chiqarish va qusish markazlari shular 
jumlasidandir.
Nihoyat, gavda vaziyatiga aloqador reflekslar va bo’yin muskullari bilan tana 
muskullari tonusining o’zgarishi uzunchoq miyaning faoliyatiga bog’liq.
Quloqdagi vestibulyar apparatning labirintlarida kelib chiqadigan qo’zg’alish 
vestibulyar nerv orqali uzunchoq miyaga o’tib, bo’yin va tana muskullarining
tonusini hamda gavda vaziyatini refleks yo’l bilan o’zgartiradi. Agar bosh miya 
uzunchoq miyaning yuqori chegarasi damidan qirqib qo’yilsa, muskullar tonusi,
birinchi galda qo’l-oyoq va bo’yin muskullarining tonusi juda ham o’zgarib ketadi. 
Tanani rostlovchi muskullar va qo’l-oyoq muskullarining tonusi juda kuchayadi.
Bunday hayvonning hamma muskullari tarang tortadi, old va orqa oyoqlari 
yozilganicha bukilmaydi, boshi orqasiga qayriladi. Stolbnyakka o’xshaydigan
bunday holat ko’pincha bir kecha kunduzdan ortiq davom etadi. Ana shunday 
hayvon turg’izib qo’yilsa, old va orqa oyoqlarini bukmasdan soatlab turaveradi.
O’rta miya bilan uzunchoq miyaning bog’lanishi uzilib qolganda, muskullar 
tonusi yuqorida tasvir etilganicha o’zgaradi.
Tajribada o’rta miya uzunchoq miyadan ajralmay qolsa, muskullar tonusi 
bunday o’zgarmaydi. Uzunchoq miyadan ko’ra pastroqdan kesish tonusni hyech
bir o’zgartirmaydi. Bu kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, uzunchoq miya muskullar 
tonusiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi, lekin uning markazlari bu tonusni idora eta
olmaydi. Muskullar tonusini idora etish vazifasini miyaning yuqoridagi bo’limlari, 
birinchi galda o’rta miya ado etadi.



Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin