Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə15/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

O‟rta miya 

O’rta miya uzunchoq miyaning oldida joylashgandir. O’rta miyada nerv 


hujayralarining kattagina to’plami bor. Nerv hujayralari shu yerda yadrolarni yoki
markazlarni hosil qiladi. Bu yadrolar sezuvchi va harakatlantiruvchi (effektor) 
yadrolarga bo’linadi.
Harakatlantiruvchi yoki effektor yadrolar muskullar tonusiga, binobarin, 
odam yoki hayvonning hamma harakatlariga bevosita ta’sir etadi. Keyingi
miyaning funksiyalarini ko’zdan kechirganimizda, keyingi miyani o’rta miyadan 
ajratib qo’yish tufayli muskullar tonusining o’zgarishi bilan tanishgan edik.
Bunday operasiyada yozuvchi muskullar tonusi oshib ketadi, hayvonning oldingi 
va keyingi oyoqlari taranglashib yoziladi, boshi orqasiga qayriladi. Agar shunday
hayvon yonboshi bilan yotqizib qo’yilsa, shu holda yotaveradi. 
Uzunchoq miya o’rta miyadan ajratib qo’yilmaganda butunlay boshqacha
manzara kuzatiladi. O’rta miyadan ko’ra yuqoriroqdan kesilganda, yozuvchi 
muskullar tonusi oshmaydi, yuqorida tasvir etilgan holda muskullar tarang bo’lgan
bo’lsa, endi unchalik taranglashmaydi. 
Bundan tashqari, tonusni idora etish qobiliyati ham bir qadar saqlanadi.
Yonboshlatib qo’yilgan bunday it o’zicha o’rnidan turadi. Agar boshining vaziyati 
o’zgartirilsa, u boshini gorizontal holda tutishga intiladi. Binobarin, o’rta miya


tonusni idora etadi va uni tegishlicha taqsimlaydi. Bu, uyg’un harakatlar qilish


uchun zarur shartdir. 
Muskullar tonusiga taalluqli reflekslarning yoylari quloqdagi vestibulyar
apparatida, shuningdek muskullarda boshlanib, u yerdan impulslar markazga 
intiluvchi tolalar orqali uzunchoq miyaga boradi. Yuqorida ko’rsatilgan yo’l orqali
kelgan qo’zg’alish uzunchoq miya bilan orqa miyaga o’tib, muskullar tonusini 
o’zgartiradi.
Sezuvchi nerv yadrolariga kelganda, ularning faoliyati ko’ruv va eshituv 
funksiyalari bilan bog’langandir. Bosh miyasi o’rta miya yuqorisidan olib
tashlangan hayvon yorug’lik va tovushni sezadi. Agar shunday hayvonga ravshan 
yorug’lik tushirilsa, u yorug’ tushgan tomonga boshini buradi. Unda qorachiq
refleksi ham saqlanib qoladi. Bunday hayvon tovush chiqqan tomonga ham boshini 
buradi. Bu reflekslar oriyentirovka (chamalash) reaksiyalaridan iboratdir.



Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin