Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə16/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

Oraliq miya 

Oraliq miya o’rta miyaning davomi bo’lib, uning oldida turadi. Oraliq miya 


uch bo’limdan iborat: ko’ruv do’mboqlari, oqimtir jismlar va do’mboq osti sohasi.
Markazga intiluvchi nervlarning hyech istisnosiz hammasi (orqa miyadan, 
uzunchoq miyadan va miyachadan boshlanuvchi maxsus neyronlar yordami bilan)
ko’ruv do’mboqlariga bog’lanadi, shu sababli gavdamizning har bir retseptoridagi 
qo’zg’alish albatta ko’ruv do’mboqlariga keladi.
Afferent impulslarni talaygina qismi ko’ruv do’mboqlaridan bosh miya 
po’stloqlariga boruvchi maxsus tolalar orqali bosh miya po’stlog’iga o’tadi.
Shunday qilib, sezishga taalluqli hamma signallar oldin ko’ruv do’mboqlaridan 
o’tadi va shundan keyingina bosh miya po’tlog’ining tegishli sohalariga kiradi.
Ko’ruv do’mboqlari zararlanganda sezuvchanlik kamayadi yoki butunlay
yo’qoladi, bosh og’rig’i paydo bo’ladi, falaj kelib chiqadi, uyqu buziladi, quloq
og’ir bo’lib qoladi, ko’z xira tortadi va hakazo. 
Oqimtir qism ko’ruv do’mboqlariga qarama-qarshi o’laroq, harakatlantiruvchi
markazdir. Yurish, yugurish kabi harakat reflekslaridan ko’pchiligining yoyi yoki 
ovqatlanish refleksi, jinsiy refleks va boshqa reflekslarning yoylari o’zining
afferent (sezuvchi) qismi bilan ko’ruv do’mboqlariga bog’langan bo’lsa, efferent 
(harakatlantiruvchi) qismi bilan oqimtir qismlarga bog’langandir.
Oqimtir qism ta’sirlanganda gavdaning qarama-qarshi tomonidagi muskullar 
qisqaradi. Oqimtir jism zararlansa, odamning harakatlari izdan chiqadi.
Do’mboq ostidagi sohaning markazlari oqsil, yog’, tuz va suv almashinuvini 
idora etadi. Bu markazlar ichak, qon tomirlari, bachadon va qovuq muskullarining
devorlarining qisqarishiga ham ta’sir etadi. Bu markazlar ter ajralishiga va shu 
kabi funksiyalarga ham ta’sir ko’rsatadi.
Termoregulyatsiya markazi ham do’mbog’ ostidagi sohadadir. Do’mbog’ osti 
sohasi zararlangan hayvon tana haroratini doimo bir xilda saqlay olmaydi.





Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin