qirqilgan qismi degeneratsiyaga uchraydi, ammo bu degeneratsiya faqat
gangliyagacha tarqalib, undan nariga o’tmaydi. Postganglionar (tugundan
keyindagi) tola qirqib qo’yilganda esa uning
organga boradigan qismi
degeneratsiyaga uchraydi. Bu qism to oxirgi tuzilmalarigacha batamom
degeneratsiyaga uchrab nobud bo’ladi.
Shunday qilib, asab tolasini kesib qo’yish usuli tola gangliyada uziladi va
gangliyada ikkinchi asab hujayrasi hosil bo’ladi, deb aytishga asos beradi.
Vegetativ asab tizimining gangliyalari markaziy asab tizimidan turli
masofada joylashadi. Gangliyalarning bir qismi umurtqa pog’onasining bevosita
yonida bo’lsa, ikkinchi qismi umurtqa pog’onasidan ancha uzoqda, taxminan organ
bilan umurtqa pog’onasi o’rtasidagi masofa bilan bir xil masofada turadi; uchinchi
qismi organlarning bevosita o’zida bo’ladi.
Simpatik asab tizimining gangliyalari umurtqa pog’onasining yaqinida bo’lib,
uning ung va chap tomonida tizilib turadi. Tugunlarning
bir qismi birmuncha
uzoqda bo’ladi. Umurtqalararo tugunlarni simpatik asab tizimining gangliyalariga
aralashtirib yuborish yaramaydi. Umurtqalararo tugunlarni sezuvchi hujayralarning
to’plamlariga hyech qanday aloqasi yo’q, biz refleks yoyini tekshirganda
umurtqalararo tugunlar bilan tanishgan edik.
Parasimpatik asab tizimining gangliyalari organlarning ichida yoki ularning
yaqinida joylashadi.
Vegetativ asab tizimi somatik asab tizimidan yuqorida aytilgan tuzilish
xususiyatlari bilangina emas,boshqa bir qancha fiziologik xossalari bilan ham farq
qiladi.
Vegetativ asab tizimining tolalari simpatik asab tolalariga qaraganda 2-5
marta ingichkaroq. Somatik asab tolasining diametri 10-14 mkm bo’lsa, vegetativ
asab tizimi tolalarining diametri 2-7 mkm dir.
Vegetativ asab tizimining tolalari somatik asab tolalariga qaraganda kamroq
qo’zg’aluvchan bo’ladi. Vegetativ asab tolasini qo’zg’amoq
uchun uni kuchliroq
ta’sirlash kerak.
Vegetativ asab tolalaridan qo’zg’alish sekinroq o’tadi. Reflekter davri
uzoqroq bo’ladi.