Referat mavzu: "Markaziy asab tizimi " Bajardi: 401 -guruh G`aniyeva K. Tekshirdi: b f. n. Ismayilova M. A


Qo‟zg‟alishning nervdan muskulga o‟tishi



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə4/20
tarix20.11.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#165060
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi-fayllar.org

Qo‟zg‟alishning nervdan muskulga o‟tishi. 

Nerv tolasi muskulga yaqinlashib, juda ingichka shoxchalarga bo’linadi, bu 


shoxchalar muskul tolalarida tugaydi. Shunday qilib, har bir nerv tolasi talaygina
muskul tolalarini innervatsiya qiladi. Bu nerv shoxchalari odatda xilma-xil tarzda 
yo’g’on tortib tugaydi.
Bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga yoki nerv hujayrasidan 
muskul va bez hujayrasiga qo’zg’alish o’tadigan joy sinaps deb ataladi. Sinaps
bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, fiziologik xossalari jihatidan nerv tolasidan 
farq qiladi.
Qo’zg’alishni ikki tomonga o’tkazadigan nerv tolasiga qarama-qarshi o’laroq, 
sinaps qo’zg’alishni faqat bir tomonga – nervdan muskulga o’tkazadi. Shunday
qilib, sinaps bir tomonlama o’tkazuvchanlik xossasiga egadir. 
Qo’zg’alishning muskuldan nervga o’tmasligiga sinapsning shu xususiyati
sabab bo’ladi. Darhaqiqat, nerv ta’sirlansa muskul qisqaradi, binobarin, qo’zg’alish 
nervdan o’tgan bo’ladi. Muskul ta’sirlanganda esa, qo’zg’alish nervga o’tmaydi va
nervdan qo’zg’alish to’lqinlarini topib bo’lmaydi. 
Sinapsning ikkinchi xususiyati shuki, u qo’zg’alishni birmuncha sekinroq
o’tkazadi. Buni sinaps paysali deyiladi. Qo’zg’alish 10-20 sm uzunlikdagi 
nervdan qancha vaqt o’tsa, sinapslardan ham o’shancha vaqtda o’tadi.
Nihoyat, tekshirishlardan ma’lum bo’ldiki, sinapsga keluvchi dastlabki 
impulslar uning qo’zg’aluvchanligini oshiradi va shu tariqa navbatdagi
impulslarning o’tishini osonlashtiradi. Bu hodisa osonlashtirish deb ataladi. 
So’nggi o’n yillarda ko’pgina tekshiruvchilar vegetativ nerv tizimining nerv
oxirlarida asetilxolin va simpatin hosil bo’lishini isbot etdilar. Fiziologik jihatdan 
faol moddalar somatik asab tizimining oxirlarida ham hosil bo’lishi keyingi
tajribalarda ma’lum bo’ldi. Bunday moddalar mediatorlar deb ataladi. 
Qo’zg’alishning nerv oxiridan organga o’tishida mediatorning ishtirok qilishi
isbot etilgan, deb hisoblash mumkin. Bu jarayonni quyidagicha tasavvur etish 
mumkin: nerv oxiriga kelgan qo’zg’alish murakkab bioximiyaviy jarayonlarga
sabab bo’ladi, natijada mediator hosil bo’ladi, bu modda organga ta’sir etib, uni 
qo’zg’aydi.
Ba’zi olimlar qo’zg’alish bir yo’la harakat toki va mediatorning ishtiroki bilan 
o’tadi degan fikrni yoqlaydilar.



Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin