Mushuk, it yoki boshqa birorta issiq qonli hayvonning orqa miyasi bo’yin va
ko’krak umurtqalarining chegarasidan qirqiladi. Shu tariqa operasiya qilingan
hayvonlarni spinal (orqa miyali) hayvonlar deyiladi.
Spinal baqa shtativga osib qo’yiladi. Shunday baqaning
orqa oyoq panjalari
sulfat kislotaning 0,5 foizli eritmasi solingan stakanga tushirilsa, baqa oyog’ini
tortib oladi (himoya refleksi). Baqaning oyog’i pinset bilan qisilsa, baqa oyog’i
bunga javoban bukiladi (bukilish refleksi). Agar sulfat kislota eritmasiga
ho’llangan bir parcha filtr qog’oz baqaning
boldir terisiga tegizilsa, u qog’ozni
tushirmoqchi bo’lib, oyoqlari bilan qashiydi (qashish refleksi); ko’klamda erkak
baqaning ko’krak terisi oldingi oyoqlari o’rtasidan barmoq, yo bo’lmasa biron
qattiq narsa bilan ishqalansa «quchoqlash» refleksi deb ataladigan hodisani ko’rish
mumkin. Baqa bunday ishqalashga javoban barmoqni yoki qanday bo’lmasin
boshqa narsani oldingi oyoqlari bilan mahkam qisib oladi.
Odamda ham bir qancha reflekslarni ko’rish mumkin. Masalan, chiroq
ravshan yoqib yuborilganda qorachig’ torayadi (
qorachig‟ refleks);
oyoqning
tagini qitiqlash, silash yoki unga igna sanchish oyoq panjasi va barmoqlarining
bukilishiga sabab bo’ladi (
oyoq kafti refleksi); chaqaloq bolaning og’ziga
emchak solinganda u ema boshlaydi (
emish refleksi) va hakazo.
Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin, refleks yo’li bilan so’lak,
me’da shirasi ajralishini, baqaning qorniga urilganda yuragi refleks yo’li bilan
to’xtab qolishini avvalgi boblardan eslash kifoya.
Bularning hammasida tuban darajadagi hayvonlarda ham,
yuqori darajadagi
hayvonlarda ham aslida bir xil fiziologik mexanizmga ega bo’lgan hodisani
ko’ramiz, lekin yuqorida tasvir etilgan hollarda oxirgi natija bir-biridan katta farq
qiladi. Barcha reflekslarda sezuvchi yoki markazga intiluvchi nervlarning oxirlari,
ya’ni retseptorlar ta’sirlanadi. Retseptorlarda kelib chiqqan qo’zg’alish markazga
intiluvchi nerv tolasi orqali markaziy asab tizimiga boradi. Markazga intiluvchi
nerv tolalari orqa miyadan tashqaridagi – umurtqalararo
teshiklarda joylashgan
maxsus nerv tugunlaridagi nerv hujayralarining uzun o’siqlaridir. Bu
hujayralarning ikkinchi, kaltaroq o’sig’i orqa miyaga kiradi. Bu yerda qo’zg’alish
ikkinchi neyronga o’tadi. Qo’zg’alish orqa miyadagi harakatlantiruvchi
hujayralarga o’tadi va harakatlantiruvchi yoki markazdan qochuvchi nervlar orqali
muskullarga kelib, ularni qisqartiradi yoki bo’shashtiradi yoki boshqa organlarga
borib ularni faol holatga keltiradi.
Reflekslarning yuzaga chiqishida qo’zg’alish o’tadigan yo’l
reflektor yoyi
yoki
refleks yoyi deb ataladi. Oddiy reflektor yoy chizma tarzida tasavvur etilsa, u
kamida ikki neyrondan – markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi neyrondan
iborat bo’lishi kerak. Ko’pgina olimlar markaziy asab tizimida shu ikki nerv
hujayrasining o’rtasida yana bir qo’shimcha (kontak yoki oraliq) neyron bo’ladi,
deb hisoblaydilar.
Binobarin, refleks yoyiga quyidagi neyronlar kiradi:
1)
markazga intiluvchi yoki
afferent neyronlar,
2)
markazdan qochuvchi yoki
efferent neyronlar va
3)
qo‟shimcha neyronlar.
Retseptorlar bilan bog’langan neyronlar reflektor yoyning markazga
Dostları ilə paylaş: