O’n ikki barmoqli ichak yarasi (lot. ulcus duodeni) — surunkali kasalliklar guruhiga kiruvchi va a’zoning shilliq qavatida yarali nuqson paydo bo’lishi bilan tavsiflanadigan patologiya. Kasallik davomiyligi remissiya davrlari, alomatlarining deyarli yo’qligi va xuruj olish (retsidiv) davri bilan boruvchi to’lqinsimon kechishga ega. Ko’p hollarda 12 barmoqli ichak yarasi oshqozon yarasi bilan bir vaqtning o’zida tashxislanadi — bu holda umumiy patologiya haqida gapiriladi.
Mundarija:
1 Tasnifi
2 O’n ikki barmoqli ichak yarasi rivojlanishi sabablari
3 12 barmoqlik ichak yarasi belgilari va alomatlari
4 O’n ikki barmoqli ichak yarasini tashxislash
5 O’n ikki barmoqli ichak yarasini davolash
5.1 Ichak yarasi bo’lganda parhez qoidalari
5.2 Medikamentoz terapiya
5.3 Xalq tabobati vositalari
6 Asoratlari
TASNIFI
Tibbiyotda, o’n ikki barmoqli ichak yarasini bir necha turini tasniflash qabul qilingan. Ular barchasi o’z xususiyatlariga ega va har birini davolash uchun individual yondashuv talab qilinadi.
Klinik shakliga ko’ra o’tkir (birinchi bor aniqlangan) va surunkali yara kasalligi farqlanadi. Yara kasalligi latent (yashirin), yengil (ba’zida retsidivlar bilan), o’rta (yil davomida 1-2 retsidivlar) va og’ir (yiliga 3 va undan ko’p retsidivlar) bilan kechadi.
Dostları ilə paylaş: |