Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja


-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə3/14
tarix26.05.2022
ölçüsü92,87 Kb.
#59589
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja

223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish. Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o`tish - bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to`rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha harakatlar:
a) chegarani yorib o`tish yo`li bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
d) O`zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo`lsa.
besh yildan o`n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O`zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
224-modda. O`zbekiston Respublikasida bo`lish qoidalarini buzish. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxsning O`zbekiston Respublikasida bo`lish qoidalarini buzishi, ya`ni O`zbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo`lmagan hujjatlar bilan yashashi, ro`yxatdan o`tish, propiska, ko`chish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, bo`lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo`yin tovlashi, shuningdek O`zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o`tish tartibiga rioya qilmasligi, agar shunday qilmishlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, - bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi..
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasida bo`lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni qabul qilish tartibining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, ana shunday qilmishlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, - eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni xususiy ish bilan O`zbekiston Respublikasiga taklif qilgan fuqaro tomonidan mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini o`z vaqtida ro`yxatdan o`tkazishga, ular shu yerda bo`lishining belgilangan muddati o`tgach chiqib ketishlarini ta`minlashga doir choralar ko`rilmasligi, shuningdek uy-joy, transport vositalari berib qo`yilishi yoxud boshqa xizmatlar ko`rsatilishi, agar bu O`zbekiston Respublikasida bo`lish qoidalarining buzilishiga olib kelishi oldindan ayon bo`lib, ana shunday qilmishlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, - eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.1
Jinoyat kodeksining XVII bobi Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.

Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin