Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja


-modda. Bir-biriga tobe bo`lmagan harbiy xizmatchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə6/14
tarix26.05.2022
ölçüsü92,87 Kb.
#59589
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Referati. Men nima uchun chegarachi bo`lmoqchiman. Reja

285-modda. Bir-biriga tobe bo`lmagan harbiy xizmatchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish. Bir-biriga tobe bo`lmagan harbiy xizmatchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, ya`ni muntazam xo`rlash, azob berish, sog`liqning buzilishiga sabab bo`lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo`lsa;
v) badanga og`ir shikast yetkazilishga sabab bo`lsa, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish odam o`lishiga sabab bo`lsa, - o`n yildan o`n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O`sha qilmish:
a) odamlarning o`limiga;
b) boshqa og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa, - o`n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
286-modda. Marodyorlik. Marodyorlik, ya`ni halok bo`lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda egallash - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksi XXII bobi Harbiy xizmatni o`tash tartibiga qarshi jinoyatlar.
287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini o`zboshimchalik bilan tashlab ketish. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini o`zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o`tkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o`n kecha-kunduzdan ko`p bo`lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo`lmasligi, shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, - bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitsyerlar tarkibidan bo`lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo`yicha o`tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini o`zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o`n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko`p bo`lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi - ikki yilgacha xizmat bo`yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini o`zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qismida ko`rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo`lsa, - besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo`lsa, muddatidan qat`i nazar, - besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin