homilada qon aylanishi. Ona qornidagi hayotning ikkinchi hafta-
sida, homila bachadon devoriga payvandlangach tez orada yuragi ura
boshlaydi. Embrionda qon aylanish funktsiyasining rivojlanishi bir
necha bosqichga bo‘linadi. Homila tuxumi payvandlangandan
keyinroq embrionga trofoblast orqali tuxum atrofidagi to‘qimalar
parchalanishidan oziq moddalar kelib turadi. Rivojlanishning
ikkinchi haftasida sariqlik xaltasining devorida qon tomirlari va qon
elementlari hosil bo‘lib, sariqlik xaltasida qon aylana boshlaydi. I-oy
oxirida allantois tomirlari xorionga yaqin kelib vorsinalar ichiga
kiradi va allantoisda qon aylana boshlaydi. III-oyda platsenta
shakllanadi va allantois o‘rniga platsentada qon aylana boshlaydi.
Qorindagi homila platsenta orqali ona qonidan kislorod va oziq
moddalar olib turadi. Shunga yarasha homiladagi qon aylanishining
muhim xususiyatlari bor. Platsentada kislorod va oziq moddalar
bilan boyigan homila qoni kindik venasi orqali homila organizmiga
kiradi. Homila tug‘ilgan zahoti birinchi marta nafas oladi, shu
paytdan boshlab homila o‘pkasi bilan nafas ola boshlaydi va qon
aylanishining tug‘ilgandan keyingi tipi vujudga keladi.
Birinchi marta nafas olish mexanizmi murakkab. Homila
tug‘ilgach platsentada qon aylanishi uziladi, platsenta orqali kislorod
kelishi to‘xtaydi, homila qonida karbonat angidrid to‘planib, nafas
markazini qo‘zg‘atadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq shuning natijasida
birinchi marta nafas oladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq terisining
reseptorlariga termik, taktil va boshqa ta’sirlar tufayli paydo
bo‘ladigan reflektor reaksiyalar ham birinchi marta nafas olishga
yordamlashadi. Birinchi marta nafas olganda o‘pka alveolalari
yozilib, o‘pkaga qon keladi. Endi qon o‘pka arteriyalaridan o‘pkani
ta’minlaydi, Botallov yo‘li bita boshlaydi, shuningdek Aransiy yo‘li
ham bitadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘pkasida kislorod bilan
boyigan qon o‘pka venalari orqali yurakning chap bo‘lmasiga
quyiladi, undan chap qorinchaga va aortaga o‘tadi; bo‘lmalar
orasidagi oval teshik bitib ketadi. Shunday qilib, yangi tug‘ilgan
chaqaloqda qon aylanishining tug‘ilishdan keyingi tipi qaror topadi.
Dostları ilə paylaş: |