qon tomirlaridan suyuqlik sizib o‘tishi va homila buyraklarining
ishlashi natijasida ham qisman hosil bo‘lishi mumkin. Qog‘onoq
suviga epidermis tangachalari, teridagi yog‘ bezlarning mahsuli va
homilaning mayin tuklari aralashgan bo‘ladi.
Qog‘onoq suvining tarkibida oqsil, tuzlar, mochevina, yog‘, qand
va gormonlar (follikulin, gonadotrop gormon) bor. Qog‘onoq suvining
fiziologik ahamiyati katta: 1) suv homilaning bemalol harakatlanishi
va taraqqiy etishi uchun sharoit tug‘diradi, suv yetishmasligi
homiladagi tug‘ma majruhliklarga sabab bo‘ladi; 2) suv homilaning
nozik organizmini noqulay tashqi ta’sirlardan saqlaydi; 3) suv kindikni
homila gavdasi bilan bachadon devori o‘rtasida qisilib qolishdan
saqlaydi (kindikning qisilishi natijasida homila nobud bo‘lishi
mumkin); 4) qog‘onoq suvi bilan to‘la homila pufagi tug‘ruq vaqtida
bachadon bo‘yni ochilish davrining normal o‘tishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: