Shilliq pardani trofoblast eritib yuborgach tuxum atrofidagi
to‘qimalar parchalanib, murtakning oziqlanish muhiti vujudga keladi,
(embriotrof, «bachadon suti»). Embriotrofda oqsillar, uglevodlar,
yog‘lar, vitaminlar, tuzlar va embrionning oziqlanishi hamda
rivojlanishi uchun zarur boshqa moddalar bor.
Tuxum payvandlanadigan paytgacha bachadon shilliq pardasi
sekretor fazada bo‘ladi: bezlari sekretga to‘lgan, stroma hujayralari
yumaloqlangan bo‘lib, glikogen saqlanadi,
6
5
funksional qavat spongioz (g‘ovak) va
1
kompakt qavatlarga bo‘linadi. Spongioz
qavat asosan bezlardan, kompakt qavat esa
stromaning yumaloqlangan desidual
2
hujayralardan iborat, bezlarning chiqa rish
4
yo‘llari shu hujayralar orasidan o‘tadi.
3
Tuxum payvandlanib olgach bachadon
19-rasm. Ko’chib tushadigan (detsidual) parda
Dostları ilə paylaş: