qo’ shuvchi to’qima.
Platsentaning
to‘qimasida
oqsillar, ugle vodlar, lipidlar,
fosfatidlar,
vitaminlar,
mikroelementlar, temir va
boshqa moddalar bor.
Ba’zi
vorsinalar
decidua
basalisga o‘sib kirib, desidual hujay
ralarni va tarvaqaylab ketgan keng
tomirlarni
eritib
yuboradi.
Bu
vorsinalar platsentaning onaga va
homilaga taalluq-
li qismlarini bir-biriga bog‘laydi (biriktiruvchi vorsinalar) (21-rasm).
Juda mayda vorsinalardan ko‘pchiligi vorsinalararo bo‘shliqda erkin
holda tugaydi va shu joyda oqib turgan qonda muallaq holda suzib
yuradi.
Platsentaning tashqi ko‘rinishi yumaloq, qalin, yumshoq
kulchaga o‘xshaydi. Homiladorlik oxirida va tug‘ruqqa yaqin
platsenta diametri 15–18 sm, qalinligi 2–3 sm, vazni 500–600 g ga
etadi. Platsentaning ikkita yuzasi bor: bir yuzasi bachadon devoriga
qaragan bo‘lib, onaga tegishli yuza deyiladi, ikkinchi yuzasi
ichkariga, amnion bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lib, homila yuzasi deb
ataladi (22-rasm). Homilaga qaragan yuzasi silliq, yaltiroq qog‘onoq
pardasi bilan qoplangan. Shu pardaning ostidan xorionga tomirlar
o‘tadi, bu tomirlar kindik yopishgan joydan platsenta periferiyasiga
tomon radial yo‘l oladi. Platsentaning onaga qaragan yuzasi och kul
rang-qizil bo‘lib, bir qadar chuqur egatlar bilan pallachalar
(kotiledonislar) ga bo‘lingan.
a)
b)
platsenta.
a – homilaga qaragan yuzasi; b – onaga qaragan yuzasi.
Platsentaning asosiy qismini tashkil etuvchi sertarmok vorsinalarni
qoplaydigan yupqa desidual parda platsentaning onaga tegishli
yuzasiga och kul rang tus beradi. Platsenta odatda bachadon oldingi
yoki orqa devorining yuqori bo‘limiga yopishadi; bachadonning
tubiga va naylarining burchaklariga platsenta yopishuvi kam
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: