Reja: • Urug‘langan tuxum hujayraning bo‘linishi va bachadonga siljib



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#49714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
1507648817 69263

bo’laklari.

 

1  –  decidua  parietalis;  2  –  decidua  capsularis;  4  – 

chorion frondosum; 5 – chorion laeve; 6 – amnion.

 

shilliq  pardasi  qalin,  suvli  bo‘lib,  bezlari  sekretga  yanada  to‘lishadi, 



stroma  hujayralari  kattalashadi,  ulardagi  glikogen  ko‘payadi. 

Stromaning  o‘zgargan  shu  hujayralari  homiladorlikning  detsidual 



hujayralari deb ataladi. 

Kompakt qavatga suqilib kirgan tuxum hamma tomondan desidual, 

parda elementlari bilan o‘ralgan. Tuxumning vaziyatiga qarab desidual 

parda uch qismga bo‘linadi: 

1)  Decidua capsularis – tuxumni bac ha don bo‘shlig‘i tomondan 

qoplovchi qismi; 

2)  Decidua  basalis  –  tuxum  bilan  bachadon  devori  o‘rtasidagi 

qismi; 


3)  Decidua parietalis – bachadonning bo‘shlig‘ini qoplovchi jami 

shilliq  (desidual)  parda.  Homila  tuxumi  o‘sgan  sayin  decidua 




 

capsularis bilan decidua parietalis cho‘ziladi, yupqa tortadi va birbiriga 

yaqinlashadi.  Homiladorlikning  IV  oyida  homila  tuxumi  butun 

bachadon bo‘shlig‘ini egallaydi. Desidual pardaning shu ikki bo‘limi 

birga  qo‘shilib,  yanada  ko‘proq  yupqalashadi.  Decidua  basalis  esa, 

aksincha,  qalin  tortib,  unda  ko‘p  gina  tomirlar  taraqqiy  etadi. 

Ko‘chuvchi pardaning shu qismi platsentaning onaga taalluqli qismiga 

aylanadi. 

Vorsinali  parda  (xorion)  trofoblast  bilan  mezoblastdan  taraqqiy 

etadi.  Vorsinalar  avvaliga  tomirsiz  bo‘lib,  homiladorlik  I-oyining 

oxiridayoq ularga allantoisdan tomirlar o‘sib kiradi. Dastlabki vaqtda 

vorsinalar  homila  tuxumining  butun  yuzasini  bir  tekis  qoplaydi. 

Homiladorlikning  II-oyida  xorionning  decidua  capsularis-ga  taqalib 

turgan  qismidagi  vorsinalar  atrofiyalana boshlaydi,  homiladorlikning 

III-oyida  xorionning  o‘sha  qismidagi  vorsinalar  yo‘qoladi,  natijada 

xorion  silliq  bo‘lib  qoladi  (chorion  laeve).  Xorionning  decidua 

basalisga  taqalib  turadigan  qarama-qarshi  tomonida  –  vorsinalar, 

sershox  bo‘lib  o‘sib  chiqadi  (chorion  frondosum)  (12-rasm). 

Xorionning shu qismi platsentaga aylanadi. 

Qog‘onoq pardasi (amnion) berk xalta bo‘lib, ichida qog‘onoq suvi 

bilan o‘ralgan homila turadi. Qog‘onoq pardasi (amnion) homilaga eng 

yaqin  turgan  ichki  pardadir.  Desidual  (ko‘chuvchi)  pardaga 

chegaradosh  

20-rasm. Bachadonda pardalarning  






Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin