Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə43/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Kekirish — me’dadan og‘izga to‘satdan ovqat moddasi tushganda paydo bo‘lib, bunda o‘ziga xos tovush chiqadi. Odamning 12 soat va bundan ko‘proq vaqt oldin yeyilgan ovqati bilan kekirishi ayniqsa katta diagnostik ahamiyatga ega, bu me’daning evakuvator funksiyasi buzilganligidan dalolat beradi. «Och» kekirish — havo bilan kekirish me’da suyuqligida xlorid kislota kamayib ketganda yoki bo‘lmaganda, kekirganda og‘izdan palag‘da tuxum (vodorod sulfid) hidining kelishi — axiliya bilan birga me’daning evakuvator funksiyasi buzilganda kuzatilib, me’dada oqsillarning jadal parchalanishiga bog‘liq.
Zarda qaynashi deb, hanjarsimon o‘siq ostida, to‘sh usti yuqori qismida va to‘sh orqasida (bu qizilo‘ngachning pastki kesigiga mos keladi) kuchli achishish sezgisi paydo bo‘lishiga aytiladi. Zarda qaynashi ko‘p hollarda me’dadan qizilo‘ngachga nordon me’da suyuqligi otilishiga bog‘liq.
Ko‘ngil aynishi — to‘sh osti sohasida yoqimsiz sezgi paydo bo‘li- shidir. Aksariyat kislotalilik pasayishi bilan o‘tadigan me’da kasalliklarida. bo‘ladi. Ba’zan ko‘ngil aynishidan keyin odam qayt qiladi.
Qusish (qayt qilish) hazm a’zolari kasalliklarini diagnostika qilishda katta ahamiyatga ega. Qusuqda ovqat aralashmasi bo‘lishi me’daning evakuvator ishi anchagina buzilganidan dalolat berishi mumkin (pilorostenoz). «Kofe» quyqasi aralash qusish me’dadan qon oqqanda, ertalabki soatlarda shilimshiq aralash qusish — surunkali gastritda, o‘t suyuqligi aralash qusish — o‘t yo‘llari patologiyasida kuzatiladi.
Qorin dam bo‘lganda qorin shishganday bo‘lib, gaz chiqishi ku- chayadi. Sababi ichaklarda gaz hosil bo‘lishining kuchayganligidir, bunday holat ovqat bilan o‘simlik kletchatkalari qabul qilinganligi oqibatida, kletchatkalar ichakda oson bijg‘ishi natijasida va, shuning- dek, sut ichilganda, ichak devori tonusi pasayganda, ichaklar moto- rikasi pasayganda ham seziladi.
Ich ketish — axlat konsistensiyasining buzilishi bilan ichaklar bo‘sha- shidir. Ich ketish mexanizmi murakkab bo‘lib, ichaklar peristaltikasining kuchayishi, suv, oziq moddalar hazm bo‘lishi va ichaklarda so‘rilish jarayoni buzilganda yuzaga keladi. Chunki ichak devorlari yallig‘lanishi, yallig‘langan sekretlarning shilliq qavatga ko‘p ajralib chiqishi hamda nerv oxirlari qo‘zg‘alishi oqibatida ichaklar peristaltikasi kuchayadi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin