Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Mavzu: Ovqat hazm qilish a’zolari tizimni baholash



Yüklə 283 Kb.
səhifə42/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Mavzu: Ovqat hazm qilish a’zolari tizimni baholash.

REJA;
1 Hazm qilish a’zolari muommolari va kelib chiqish sabablari
2 Hazm qilish a’zolari kasalliklarini tekshirish usullari


Ovqat hazm qilish a’zolariga og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da, ingichka ichak, jigar, o‘t pufagi, me’da osti bezi va yo‘g‘on ichak kiradi. Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida maydalanib halqumga uzatiladi va qizilo‘ngachga tushadi. Qizilo‘ngach ichki tomonidan shilliq parda, tashqi tomondan seroz parda bilan o‘ralgan. O‘rta qavati muskul to‘qimasidan iborat. Qizilo‘ngach devorida 3 ta fiziologik torlik bo‘lib, unda dag‘al ovqatlar ushlanib qoladi (bo‘yin, ko‘krak, diafragma), ovqat qizilo‘ngachdan me’daga tushadi. Me’da qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Devori 4 qavatdan shilliq, shilliq osti, muskul va tashqi seroz qavatdan iborat. Me’daning shilliq pardasida hazm shirasini ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan. Me’da shirasi tarkibida pepsin, xlorid kislota va shilimshiq bo‘ladi. Bir kecha kunduzda 1,5—2 litr miqdorda me’da shirasi ishlab chiqariladi. Hazm shirasining kamayishi yoki ko‘- payishi organizmning ruhiy holatiga bog‘liq. Asabiy zo‘riqishlar shira ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Ovqat me’dada bir necha soat davomida saqlanadi. Maydalangan ovqat bo‘lak-bo‘lak bo‘lib 12 barmoq ichakka o‘tkaziladi. 12 barmoq ichakka me’da osti bezi va o‘t pufagidan o‘t suyuqligi kelib tushadi. Me’da osti bezi ishlab chiqargan pankreatin moddasi ovqatni uglevodli qismga, o‘t suyuqligi esa yog‘larning par- chalanishiga olib keladi. Ingichka ichakda vorsinkalar (so‘rg‘ichlar) joylashgan bo‘lib, parchalangan ovqat mahsulotlarining qonga so‘rilishini ta’minlaydi. Qonga so‘rilmagan qismi yo‘g‘on ichakka o‘tadi va ichak tayoqchalari yordamida yog‘ kletchatkalarga parchalanib so‘riladi. Qol- gan ortiqcha moddalar najas bo‘lib tashqariga chiqib ketadi. Jigar ovqat hazm qilish sistemasida zararli moddalarni zararsizlantirish vazifasini bajaradi. U o‘t suyuqligini ishlab chiqarib, qonni filtrlab beradi.
Hazm qilish a’zolari muommolari va kelib chiqish sabablari
Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning asosiy shikoyatlari: qorin sohasida og‘riqlar, ishtahaning buzilishi, kekirish, zarda qaynashi (jig‘ildon qaynashi), ko‘ngil aynishi, qusish, qorin dam bo‘lishi, ichaklar faoliyatining buzilishi.
Og‘riqning intensivligi, joylashishi va uning ovqat qabul qilishi bi­lan bog‘liqligi bo‘yicha farq qilish lozim. Intensiv bo‘lmagan, biroq doimiy og‘riq surunkali gastrit uchun xos bo‘ladi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida og‘riq kuchliroq, u ovqat yeyish bilan bevosita bog‘liq. O‘t-tosh kasalligida og‘riq juda qattiq bo‘ladi.
Gastrit va yara kasalligida og‘riq to‘sh ostida, jigar va o‘t qopchasi kasalligida o‘ng qovurg‘a ostida, ichak kasalligida butun qorin bo‘ylab, biroq ko‘proq uning pastki qismida joylashadi.
Ishtaha buzilishi ko‘p jihatdan me’da sekretsiyasi va kislotaliligi darajasiga bog‘liq. Sekretsiya oshganda ishtaha hatto ochilib ketadi (kislotalilik oshgan gastrit, aksariyat me’da suyuqligi sekretsiyasi oshishi va kislotalilik oshishi bilan o‘tadigan me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi). Sekretsiya pasayganda ishtaha pasaygan bo‘ladi (subasit, anasit, shuningdek, axilik gastritlar). Ishtaha buzilishida (xususan, me’da rakida) bemor ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridan yuz o‘giradi (ovqatdan ko‘ngli ketadi).
Og‘izda yoqimsiz ta’m — me’da shilliq pardasi zararlanganda, og‘iz- da achchiq maza — jigar va o‘t qopchasi kasallanganda, metall ta’mi esa ovqatdan zaharlanishning ayrim turlarida kuzatiladi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin