Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə44/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Ich qotishi (qabziyat) — ichakda axlatning uzoq turib qolishidir (48 soatdan ortiq). Funksional va organik qabziyat farqlanadi.
Hazm qilish a’zolari kasalliklarini tekshirish usullari
Kasalxonaning qabul qilish bo‘limida kasallik tarixi ochiladi va bemor to‘g‘risida ma’lumotlar yoziladi.
So‘rab-surishtirish. Hazm a’zolari kasalliklarini aniqlashda bemorning shikoyatlari so‘raladi. Bemorlar ko‘pincha og‘riq, ishtaha yo‘qligi, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi (zarda bo‘lish) va keki- rishdan shikoyat qiladilar. Kasallik tarixini aniqlashda bemordan qachondan beri kasallik belgilari boshlanganligi, qanday dori-dar- monlarni iste’mol qilganligi so‘rab surishtiriladi. Kasallikning hayot anamnezini aniqlashda bemorning oilaviy sharoiti, ovqatlanish rejimi va uning tarkibi, kasb-kori, oilasida, yaqin qarindosh urug‘larida shunday belgilar mavjudligi, zararli odatlari (chekish va spirtli ichimliklar ichish kabilar) so‘raladi. So‘rab-surishtirish vaqtida bemorlarning qaysi dori vositalariga o‘ta sezuvchanligini so‘rab bilish allergik holatlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Bemorlardagi klinik belgilarni o‘rganish kasallikni to‘liq aniqlashda muhim o‘rinni egallaydi. Og‘riq — hazm a’zolari kasalliklarida asosiy belgilardan biridir, uning jadalligi (intensivligi), joylashgan o‘rni, ovqat qabul qilishga bog‘liqligi yoki bog‘liq emasligini bilish kerak. Jadal bo‘lmagan, doimiy xarakterdagi og‘riq surunkali gastrit kasalligi uchun xos bo‘ladi. Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligida og‘riq jadal, u ovqat yeyish bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘t-tosh kasalligida og‘riq juda kuchli bo‘ladi. Pankreatit — me’da osti bezi kasalligida og‘riq kuchli tasmasimon xarakterda bo‘ladi. Rak kasalligida og‘riq doimiy xarakterda bo‘ladi. Ishtahaning buzilishi ko‘p jihatdan me’daning shira ishlab chiqarish faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Me’da shirasining ko‘p ishlab chiqarilishi ishtahani kuchaytirib yuboradi. Shiraning ko‘p ajralishi gipersekresiya deb ataladi. Shira ishlab chiqarish pasayganda ishtaha ham pasayadi, bu gipoasid gastritni keltirib chiqaradi. Me’dada shira ajralishi butunlay yo‘qolsa, anosid gastrit kelib chiqadi. Bemorlarda ayrim ovqat mahsulotlarini hush ko‘rmasligi me’da o‘smasi (rak) kasalligidan dalolat beradi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin