Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Salbiy, qoniqarsiz munosabatda bo‘luvchilar — bular salomatli- gidagi o‘zgarishni yoki kasallikni inkor etadilar. E’tiborsiz



Yüklə 283 Kb.
səhifə52/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Salbiy, qoniqarsiz munosabatda bo‘luvchilar — bular salomatli- gidagi o‘zgarishni yoki kasallikni inkor etadilar.

  • E’tiborsiz yoki ehtiyotsiz munosabatda bo‘luvchilar — ular salomatligidagi o‘zgarishlarni yoki kasalligini tan oladi, lekin zarur bo‘lgan ‘ ehtiyotkorlikka rioya qilishmaydi.

  • Beriluvchan munosabatdagilar — ular arzimas o‘zgarishlarga ortiqcha berilib ketib faqat o‘z kasalligi bilan ovora bo‘lishadi.

  • Ipoxondrik munosabatda bo‘lish, bunda kasallik vahimasidan tushkunlikka tushib, bemor arzimas o‘zgarishlarni bo‘rttirib qabul qiladi va ko‘rsatadi.

  • Utilitar munosabatda bo‘luvchilar — kasallik orqasidan ham moddiy, ham ma’naviy manfaatni ko‘zlashadi.

    Tibbiyot hamshirasi yuqoridagilardan to‘g‘ri xulosa chiqarishi va har bir aniq holatda bemorga to‘g‘ri yo‘nalish bera olishi lozim. Aks holda kasallik ichki mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib chiqqan ushbu holatlar uzoq davom etsa, haqiqiy, qaytarib bo‘lmaydigan ruhiy kechinmalarga, ba’zida esa aniq kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
    Etikaga xos tushunchalar va hamshiraning vazifalari
    Bemorlar bilan ish olib borayotgan tibbiyot hamshirasi bemorda, bemorlar orasida va tibbiyot xodimlari bilan bemor o‘rtasida bo‘ladigan ayrim tushunchalarning mohiyatiga e’tibor bilan qarashi zarur. Ular jurnlasiga quyidagilar kiradi.

    1. Egogeniya — bemorning kasalligi tufayli o‘z-o‘ziga ta’sir etishi bo‘lib, salbiy yoki ijobiy mazmunda ifodalanishi mumkin. Tibbiyot xodimi esa bemorlarni o‘ziga doimo ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishishi lozim.

    2. Egrotogeniya - bemorlarning o‘zaro ta’siri, bu kasalxona sha­roitida juda katta ahamiyatga ega.

    Bemorlarda bir-biriga ta’sir etish holati borligini bilgan holda bo‘lim xonalariga joylashtirayotganda ularning yoshi, jinsi, qiziqishlari, kasbi, kasallik turi, uning og‘ir-yengilhgi va qaysi bosqichdaligi albatta hisobga olinadi. Aks holda bemorlar bir-biriga salbiy ta’sir etishi, bu esa davolash jarayonining cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    1. Yatrogeniya - tibbiyot xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari va munosabatlaridan kelib chiqadigan bemorlardagi holatlar (kelib chiqadigan kasallik esa yatrogen kasallik) deyiladi.

    Yatrogeniya yoki yatrogen kasalliklarga quydagilar sabab boiadi:

    1. Kasallik tashxisini va natijasini shoshma-shosharlik bilan yoki isbotsiz bemorga ma’lum qilish.

    2. Davolash va diagnostika muolajalarini noto‘g‘ri bajarish va tushuntirish.

    3. Xodimlarning mas’uliyatsizligi, «so‘zsiz» yatrogeniya.

    4. Gospitalizm - bemorning kasalxonaga va uning sharoitlariga moslashguncha bo‘lgan holati.

    Bemor kasalxona sharoitiga qanchalik tez, yaxshi moslashsa va davo­lash jarayoniga kirishib ketsa, shuncha tez sog‘ayadi. Buning uchun esa tibbiyot xodimlari asosiy axloq qoidalarini, yuqoridagi tu- shunchalarning asl mohiyatini to‘la tushunib yetishlari va davolash jarayoniga to‘g‘ri tatbiq eta olishlari lozim.

    • bemorlarning ruhiy turg‘unligini saqlash;

    • ularning sog‘ayishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish;

    • kasbiy nuqsonlarning oldini olish.

    Hamshiraning deontologik xatti-harakatlari asoslari

    Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin