Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə53/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Deontologiya (yunoncha deontos — zarur, lozim bo‘lgan narsa) aniq vaziyatda hamshiraning axloq-odobi, o‘zini tuta bilishi va muomalasini amaliy faoliyatida qo‘llanishidir. Qadimdan ilmiy tibbiyotning asoschisi Buqrotning mashhur «Qasamyodi» tibbiyot xodimining xulq-atvori rivojiga katta ta’sir qilgan.
Tibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tibbiyot xodimlari xulq-atvorining davolash natijasini yanada oshirishga qaratilgan qoidalarini o‘rganish;

  • tibbiyotdagi noqulay omillarga chek qo‘yish;

  • tibbiyot xodimlari bilan bemor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar majmuini o‘rganish;

  • samarali bo‘lmagan tibbiy faoliyatning zararli oqibatlarini tugatish.

Deontologiya qoidalarini takomillashtirishda shifokorning o‘rni muhimdir. U bemorni tekshiruvdan o‘tkazib, unga tashxis qo‘yadi, dori-darmon tayinlaydi, kasallik kechishini kuzatadi va boshqalar.
Vrach topshiriqlarini, ko‘rsatmalarini (venaga dori yuborish, inyeksiya, haroratni o‘lchash, dori-darmon berish, banka qo‘yish va shu kabilar) sifatli va o‘z vaqtida bajarish o‘rta tibbiyot xodimining asosiy deontologik vazifalaridan biridir.
Tibbiyot hamshirasi bemor bilan muomala qilishda axloq qoida­lariga amal qilish bilan birga, sabr-toqatli bo‘lish va o‘zini tuta bilishi ham kerak. Hamshira shifokor bilan bemor o‘rtasida ishonch vaziyatini yaratishi, shifokor va kasalxonaning obro‘-e’tiborini oshirishga hissa qo‘shishi, davolash jarayonida bemorga tegishli sirni saqlay bilishi shart.
Hamshiraning ishi kun davomida turli taassurotlar ostida kechadi, bu bemorlar bilan muomala qilish chog‘ida yuzaga keladi. Bemorlar bilan tezroq muloqotga kirishish, ishonchini shakllantirish juda mu- himdir.
Yoqimli va shirin so‘z bilan murojaat qilishda, samimiy tabassumda hamshiraning o‘z bemorlariga g‘amxo‘rligi va diqqat-etibori ifoda- lanadi. Bemorlar bilan muloqot (kommunikatsiya)ning ikki xil usuli bo‘lib, ularni albatta hisobga olgan holda o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim.


  1. Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin