Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə54/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Verbal muloqot — faol eshitish, savollar berish, javob qaytarish va reaksiya ko‘rsatish san’ati.

  • Noverbal muloqot — gavda holati, yuz (mimika), ko‘z ifodasi, so‘zlash ohangi va boshqalar.

    Verbal muloqot noverbal muloqot asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun «insonning nimani gapirayotganligi emas, balki qanday gapirayotganligi muhim»dir deb bejiz aytilmagan.
    Yuqoridagilarni shakllantirishda albatta bemorlarning ham o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, bemorlar bilan ish ohb borishda ular yoshining aharniyatini unutmaslik kerak. Shu maqsadda bemorlarning ayrim, shartli ravishda ajratib olingan guruhlarida uchraydigan xususiyatlarga to‘xtalib o‘tamiz.

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi.

    1. o‘z kasalliklarini his qilmay, kasal ekanliklarini tushunib yet- maslik;

    2. shikoyatlarini umumlashgan holda bayon eta olmaslik;

    1. kasallik belgilaridan kuchli ruhiy ta’sirlanish;

    2. davolash va diagnostika muolajalarini qo‘rquv bilan qabul qilish;

    3. kasallik davomida tarbiya va tabiatidagi o‘zgarishlar (nuqson- lar)ning kuchayishi.

    Tibbiy hamshira bu guruh bemorlar bilan iliq munosabatda bo‘lishi, avvalambor bolalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatishi, ularni kasalligidan chalg‘itishi, bolaning ota-onasi yoki qarindosh-urug‘lari bilan muta- xassis sifatida muloqotda bo‘lishi lozim.

    1. O‘smir yoshidagi bemorlar.kattalarga taqlid qilish;mardlik, shovvozlik;o‘z-o‘zini himoya qilish;kasallikka va uning kechishiga befarqlik;salomatligiga, xavfli omillarga ehtiyotsizlik bilan qarash.

  • Bu guruh bemorlar bilan ish olib borishda hamshira juda ehtiyot bo‘lishi, so‘zlariga, yuz imo-ishorasiga katta e’tibor berib, o‘smirlik yoshining nozik pallasi - balog‘atga yetish va uning o‘smirga xos ta’siri borligini ham yodda saqlashi lozim.

    1. Mehnat qobiliyatiga ega bemorlar.

    1. bemorning shaxsiyati;

    2. o‘ziga xos (individual)xususiyatlari;

    1. kasalligining ijobiy yo‘nalishda borayotganini kuzatish;

    2. xodimlar faoliyatini, bajarilayotgan muolajalarning nechog‘lik to‘g‘riligini tushunish, kuzatish va xulosa chiqara olish.

    Bu guruh hamshiraga o‘ta yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bunday bemor­lar bilan ish olib borishda har bir so‘zga, yurish-turishga, yuz imo- ishorasiga ehtiyot bo‘lish, bajarilayotgan muolajaga qunt bilan yondashish lozim. Har bir bemorning ijtimoiy kelib chiqishini, kasb-korini, tabiati va ruhiyatini tezda ajrata bilish hamshiraga ancha yengillik yaratadi. Hamshiraning asosiy deontologik vazifasi bunday guruh bemorlarni mehnat jarayoniga, ijtimoiy hayotga qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

    1. Katta yoshdagi va keksa bemorlar guruhi.

    1. «o‘tib ketgan umr», «oshib borayotgan zaiflik», «yolg‘izlikni his etish», «o‘limning yaqinlashuvi» holatlarining qariyalar ruhiyatida ustunlik qilishi;

    2. eshitish, ko‘rish, eslash qobiliyati va hayotga qiziqishning pasayishi;

    1. tezda dil og‘rishi(xafa boiish);

    2. kasallikni qarilikka yo‘yib, davolanish va sog‘ayishga ishonmaslik.

    Hamshira bu guruhdagi bemorlarga samimiy, sabr-toqat bilan iliq
    muomala qilishi lozim, chunki qariyalarga xos injiqlik, ko‘p savollar berish, tushunmovchilikdan kelib chiqadigan turli holatlarga bosiqlik bilan chidash muhim hisoblanadi.
    Tibbiyot hamshirasining asosiy deontologik vazifalaridan biri, shifokorlik sirini qat’iy saqlashdir. Shifokorlik siriga: l) bemor to‘g‘- risidagi ma’lumotlar, bu ma’lumotlarni hamshira bemorning o‘zidan yoki davolash jarayonida bilib oladi va ular jamoatchilik orasida ma’lum qilinmaydi; 2) bemorning kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xastalikning nohush yakuni, bemorga ruhiy ziyon yetkazuvchi tashxis va boshqalar), bu ma’lumotlar ham bemorga aytilmaydi.
    Lekin davolash sirini saqlash jamiyatga va bemor atrofidagi kishi- larga zarar keltiradigan bo‘lsa (masalan, tanosil kasalliklari, yuqumli, ruhiy xastaliklar), tibbiyot xodimi bemorga ruhiy ziyon yetkazmagan holda zarur choralar ko‘rishi lozim.
    Hamshira endoskopiya, zondlash, inyeksiyalar qilish va boshqa diagnostika muolajalariga tayyorlashda nazariy va amaliy bilimlarini to‘la ishga solishi, bajarilayotgan muolajalar yetarli natija berishiga erishishi va laboratoriya-diagnostika muolajalaridan aniq ma’lumot olinishini ta’minlashi lozim.
    Ba’zi xijolatli muolajalar (huqna qilish, siydik yo‘llarini kateterlash, bemorlarga tuvak tutish, ginekologik muolajalar)ni bajarishda bemorga sharoit yaratish, juda odobli va mulohazali bo‘lish zarur.
    Hamshira bilan bemorlar muomalasida hamshiraning shaxsi ham muhim ahamiyat kasb etadi. U o‘z kasbini sevishi, ajoyib texnikaviy qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin, lekin hamshira. o‘zining shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra bemorlar bilan tez-tez ixtiloflar chiqarib tursa uning kasb fazilatlari yetarli samara bermaydi. Haqiqiy mahorat yo‘li hamisha uzoq va mashaqqatli bo‘ladi. Zarur ish uslubini yaratish va bemorga yaxshi ta’sir ko‘rsatish san’atini puxta egallash tibbiyot xodimi uchun muhimdir.

    1. Xardi «Vrach, hamshira, bemor» degan kitobida hamshiralarning 6 xilini tariflab beradi:


    1. Yüklə 283 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin