Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə50/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Sun’iy abort (homilani buzish). Abort muammosi insonning reproduktiv salomatligi va huquqlariga bog‘liq. Reproduktiv salomatlik deganda insonning jinsiy aloqadan qoniqishi, farzand tug‘ish yoki tug‘maslikni mustaqil hal qilishi tushuniladi. Reproduktiv huquq bu reproduktiv salomatlikni tanlashda ijtimoiy sharoitlarni yaratishdir. Reproduktiv huquqlarga insonning nechta farzand ko‘rish, ular orasidagi muddatni mustaqil hal qilish huquqi kiradi. Bu huquq er va xotinning oilani rejalashtirish haqidagi fikriga bog‘liq. Bu fikr sun‘iy abort bilan tugallanishi mumkin. Abort masalasi ayolning huquqiy masalasidir.
Kontratsepsiya — bu kutilmagan homiladorlikning oldini olishdir. Oilani rejalashtirishning zamonaviy asoslaridan biri tug‘ishni nazorat qilish, ya’ni kontratseptivlardan foydalanishdir.
Kontratsepsiyalarning quyidagi usullari farqlanadi: an’anaviy, zamo- naviy (strelizatsiya, og‘iz orqali, bachadon ichiga kiritiladigan va boshq.).
Ayollarning kontratsepsiyani tanlash huquqi ularning salomatligini saqlash huquqidir. Ma’lumki, ko‘p ayollar hayot jarayonida kamida 20 yil atrofida kutilmagan homiladan qo‘rqib yashaydilar. Kontratsep- siyalarni qo‘llash ularni bu qo‘rquvdan xalos etadi.
Sterilizatsiya (urug‘sizlantirish). Hozirgi kunda kontratsepsiya usullari orasida sterilizatsiya o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, XX asr- da bu usulga qiziqish juda katta edi. O‘tgan asrning birinchi yarmida bu usul majburiy tus oldi. 50- yillardan boshlab tug‘ishni rejalash- tirish borasida milliy dasturlar ishlab chiqarilishi bilan, bu usuldan ma’lum davlatlar o‘z yo‘nalishlarida foydalana boshladilar. Hozirgi davrda oilani rejalashtirishda er-xotin o‘zaro kelishib bu usulni tan­lash huquqiga ega (ayniqsa, oilada irsiy kasalliklar mavjud bo‘lsa).
Nazariy, amaliy va genetik izlanishlar rivojlangan sari tibbiyotda yangi tushunchalar va atamalar paydo bo‘lmoqda, bular: o‘lim va o‘lish, autopsiya, inson miyasining o‘lishi, evtanaziya kabilardir.
O‘lim va o‘lish. Insonlarning bu tushuhchaga munosabati turlicha bo‘lib, bunda tibbiy dunyoqarash diniy, falsafiy, ruhiy dunyoqarashlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bunga eramrzdan oldingi 270—341-yillarda yashab ijod qilgan donishmand Epikur quyidagi ta’rifni bergan edi: «Yomonliklar ichida eng qo‘rqinchlisi o‘limdir, u bizga bog‘liq emas, chunki biz mavjud bo‘lsak u yaqinlashmaydi, o‘lim sodir bo‘lsa, biz yashamaymiz».

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin