Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Kasbiy xatolar. Yatrogeniyalar



Yüklə 283 Kb.
səhifə49/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Kasbiy xatolar. Yatrogeniyalar
Tibbiy xodimlarning kasbiy xatolari mavzusi tibbiyot etikasida muhim o‘rinni egallaydi. 1837- yilda N.I. Pirogov «Har bir vijdonli shifokor, ayniqsa, o‘qituvchi o‘z xatolarini o‘zgalar qaytarmasligi uchun e’lon qilishi lozim, bu esa o‘z o‘rnida boshqalarni xatoga yo‘l qo‘ymasligining oldini oladi», degan edi. So‘nggi yillarda tibbiyot xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kasbiy xatolar tekshiruv, tashxislash, davolash usullarining murakkabligi tufayli vujudga kelmoqda, shu bilan birga ko‘p hollarda kasalliklarning ati-pik kechishi va tibbiy xodimlarning malakasizligi sabab bo‘lmoqda. Yatrogeniyalar (yunoncha yatros - shifokor, geppao — yaratmoq) kasallik holatlari bo‘lib, tibbiyot xodimining ehtiyotsizligi noto‘g‘ri xatti-harakati tufayli vujudga keladigan ruhiy o‘zgarishlari yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, bemorlar o‘z kasalliklaridan vahimaga tushib, arzimas o‘zgarishlarni bo‘rttirib qabul qiladilar va ko‘rsatadilar. So‘nggi yillarda yatrogeniya hollari kengayib bormoqda, bunda dori moddalari ta’sirida kasallik holatining kelib chiqishi ma’lum o‘rin egallaydi. Ko‘p hollarda bemorlarning dori vositalaridan noto‘g‘ri foydalanishi ham yatrogeniyalarga sabab bo‘lmoqda.
Inson reproduksiyasiga tibbiy aralashuv
Zamonaviy biotibbiyot etikasida insonning tug‘ilishi va o‘limi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Tibbiy aralashuv bir tomondan bepushtlikni davolashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan homiladorlikning oldini olish va homilani buzish bo‘lib, ko‘p muammolarga sabab bo‘lmoqda. Bu muammolar yechimi esa murakkabligicha qolmoqda.
Yangi reproduktiv texnologiyalar. Bepushtlikni davolashda sun’iy urchitish - sun‘iy inseminatsiya (donor spermasini kiritish), ekstrakor- porar urchitish va embrionni ko‘chirish usullari qo‘llaniladi. Sun‘iy urchitish usuli 200 yil mobaynida tanilgan va tibbiyot amaliyotida yangilanib, ommalashgan holda qo‘llanilmoqda. Bu usul etik muam­molar bilan bog‘liq bo‘lib, donordan sir saqlashni talab etadi.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin