Mutaxassis hamshira. U o‘ziga xos xususiyatlari va alohida qiziqishlariga ko‘ra, maxsus vazifaga tayinlanadi. Bunday hamshira murakkab, masalan, maxsus laboratoriyalardagi vazifalarni bajaradi. U o‘zining tor mutaxassislik faoliyatlariga nihoyatda berilgan bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan bu toifalar shartli bo‘lib, ular tibbiyotimizning qaror topish yillarida, ikkinchi jahon urushi sharoitida va urushdan keyingi davrda yetishib chiqqan hamshiralardir. Yuksak g‘oyaviy yo‘nalish, vatanparvarlik, o‘rtoqlik va jamoa tuyg‘usi hamshiralarning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Tibbiyot hamshirasining shaxsi, uning ish uslubi va usullari bemor- larga ruhiy ta’sir ko‘rsatish mahoratini egallash va ular bilan muomala qilishni bilish - bularning hammasi davolash jarayonini ta’minlovchi murakkab tadbirlar asosi hisoblanadi.
Mansabdor shaxsning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashi kasbga doir jinoyatning bir turi hisoblanadi. Bunday jinoyatlar tibbiyot xodimlari orasida tez-tez uchrab turadi. Odam organizmiga dori moddalarini yuborish vaqtidagi ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yish og‘ir oqibatlarga olib keladi. Bunday holatlar, tibbiyot xodimlarining doridagi yozuvlarga yaxshi e’tibor bermasligi, ishlatilgan dori bemorga qanday ta’sir qilishiga loqaydlik bilan qarashi tufayli kuzatiladi. A.P.Gromov shunday misol keltiradi: «Fiziologik eritma» deb yozilgan shisha idishga (unda novokain eritmasi tayyorlangan bo‘ladi), novshadil spirti solingan bo‘ladi. Dorixona xodimi, hamshira va jarrohning e’tiborsizligi tufayli ana shu dori muolaja jarayonida qo‘llaniladi. Nanjada bemorning dardi yanada og‘irlashadi.
Ba’zan bolalar shifoxonalarida, xususan yangi tug‘ilgan chaqaloq- larda skelet suyaklari va bosh chanog‘ining yopiq sinishi va boshqa nohush hollar uchrab turadi. Bunga bolani ehtiyotsizhk bilan yo‘rgak- lash, nafas yo‘llari biron narsa bilan bosilib qolishi, yuzini pastga qilib aylantirish, shuningdek emizikli go‘daklarga dori-darmonlarni berish qoidalariga rioya qilmaslik yoki ularni noto‘g‘ri qo‘llash sabab bo‘ladi.
Bu ko‘ngilsizliklar tibbiyot xodimlarining qo‘polligi, ularning o‘zboshimchaligi yoki pala-partishligi tufayli kelib chiqadi. Kasbga doir jinoyatlarning bu turi, tibbiyot xodimining o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashi hisoblanadi va u ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlariga yuborish, yoki vazifasidan chetlashtirish bilan jazolanadi.
Tibbiyot hujjatlari aholining turli guruhlari sog‘lig‘ini ifodalovchi ma’lumotlarni, ko‘rsatiladigan tibbiy yordam turlarini yozib borish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Ular ikki asosiy guruhdan — birlamchi hisobga olish va hisobot hujjatlaridan iborat.
Birinchi guruh hujjatlarga: kasallik tarixi, shifoxonaga qatnovchi bemorning shaxsiy tibbiy daftari, tug‘ish tarixi, bolaning rivojlanish tarixi, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, profilaktik emlashlar qog‘ozi, laboratoriya tahlillari varaqasi, muolajalarni hisobga olish, bemorni kasalxonaga yotqizishda poliklinikaning ayirboshlash qog‘ozi va hokazolar kiradi.
Birlamchi hisobga olish hujjatlaridan hisobotlar tuzish vaqtida foydalaniladi. Hisobotlarning eng muhim qismi — aholining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi axborotdir.
Ikkinchi guruh hujjatlariga: «Davolash-profilaktika muassasasining hisoboti», «Sanitariya-epidemiologiya stansiyalarining ishi to‘g‘risidagi hisobot» va hokazolar kiradi.
Hujjatlarni aniq va to‘g‘ri to‘ldirish tibbiyot deontologiyasining eng muhim talablaridan biri hisoblanadi. Hamshiraning ayrim hujjatlar, masalan haroratni o‘lchash varaqasi, o‘fkazilgan tahlil natijalari va hokazolarni to‘ldirishda yo‘l qo‘ygan xatolari kasallik holatiga baho berishga va bemorni davolashga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shunday hollar ham bo‘ladiki, bir bemorning tekshirish ma’lumotlari boshqasining o‘rniga yanglish yopishtirib qo‘yilishi mumkin va hokazo. Bemorni tekshirishga taalluqli va kasallik tarixiga yoziladigan barcha ma’lumotlar xizmatga doir hujjatlarga kiradi. Rasmiy hujjatlarni noto‘g‘ri va mas’uliyatsizlik bilan to‘ldirish xizmatdagi jiddiy kamchilik hisoblanadi. Davolash muassasasida yuritiladigan tibbiy hujjatlar bemor qo‘liga tushmasligi lozim. Aks holda uning ruhiyatiga va davolashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bemor qo‘liga beriladigan hujjatlarda kasallikning nomi tilga olinmasligi kerak, chunki bu noto‘g‘ri tushunilishi va ruhiy kechinmalarga sabab bo‘lishi mumkin. Turli tahlillarga doir ma’lumotlar, rentgen tekshiruvlarini qo‘lga berish ham deontologiya nuqtai nazaridan to‘g‘ri emas, chunki ular teskari izohlanishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda hamshiraning axloq-odobi, muomala (deontologiya) madaniyatiga qat’iy rioya qilishi, kasbini puxta bilishi, huquq va qonunlardan xabardor bo‘lishi g‘ayriqonuniy harakatlardan saqla- nishning asosiy shartlaridir.
Dostları ilə paylaş: |